• Egovlar U8, U18 markali uglerodli asbobsozlik po`latidan yoki ShX6, ShX9 va XZ15 markali xromli po`latlardan tayyorlanadi.
  • III. Yangi mavzu bayoni (25 daqiqa)




    Download 1,09 Mb.
    bet33/37
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,09 Mb.
    #263494
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
    Bog'liq
    Buxoro davlat universiteti

    III. Yangi mavzu bayoni (25 daqiqa):
    Egovlar ham kesuvchi asboblardan hisoblanadi. Ular o`lchami va profili har xil bo`lgan hamda ish yuzasiga tishlar o`yilgan uzun sirt (polosa)dan iborat. Egovlar ko`ndalang kesish yuzasi (profili)ga, tishlarning shakliga va qanday joylashganligi hamda o`lchamlariga qarab xilma-xil bo`ladi. Egovlar yassi, rombsimon, uch qirrali, kvadrat, yumaloq, yarim yumaloq va maxsus egovlarga bo`linadi (1-, 2-rasmlar).

    1-rasm. Egov va ularning turlari.
    1-yassi, 2-rombsimon, 3-uch qirrali, 4-kvadrat, 5-yumaloq, 6-yarim yumaloq.

    2-rasm.Maxsus yog`och egovlari.
    Egovlar U8, U18 markali uglerodli asbobsozlik po`latidan yoki ShX6, ShX9 va XZ15 markali xromli po`latlardan tayyorlanadi.
    Egovlash deb, metall, yog`och, plastmassa, rezina, sopol, marmar, chinni, ganch va boshqalarning ortiqcha qatlamni olib tashlashdan iborat bo`lgan jarayonga aytiladi. Egov bilan ishlayotganda buyumdagi kichik quyim olib tashlanadi va shundan so`ng tayyorlangan buyum aniq o`lchamlar va shaklga ega bo`ladi.
    Ishlov beriladigan sirtning shakliga qarab tegishli egov tanlanadi. Masalan, tekis sirtlarni ishlash uchun yassi egovlar, arra tishlari uchun uch qirrali egovlar, teshiklarni kengaytirish uchun yumaloq egovlar va hakazo.
    Tishlarning kattaligi va ish qismining 10 mm uzunligidagi soniga qarab egovlar quyidagi turlarga bo`linadi.
    1. Dag`al – 5-12 tishli egovlar
    2. O`rtacha – 13-26 tishli egovlar
    3. Mayin – 42-80 tishli egovlar.
    Dag`al egovlar chilangarlik ishlarida ishlanayotgan buyum sirtiga dastlabki, xomaki (zangdan tozalash, bo`rtgan, notekis joylarni qisman tekislash) ishlov berishda qo`llaniladi.
    Duradgorlik ishlarida esa dag`al egovlardan arralangan yuzalarni go`niyaviy holga keltirishda (to`g`i burchak hosil qilishda) randa olmaydigan qattiq butoqlar o`rnini tekislashda, ketmon, kuraklar, boltalar soplariga qo`shimcha ishlov (pardoz) berishda qo`llaniladi.
    Hamma turdagi egovlar yog`och dastaga o`rnatiladi. Egov dastalari dub, buk, tut yog`ochlaridan tekis, silliq qilib tayyorlanishi kerak.
    Egovlar bilan ishlashda ishlovchining tanasi tiskida zubilo bilan ishlayotgandek holatda turishi lozim.
    Tekis va egri yuzalarni egovlashda zagotovka tiskiga to`g`ri o`rnatilishi va egovlanadigan qismi tiskidan 8-10 mm yuqoriga chiqib turishi kerak. Egovni tekis yuzada uch xil yo`nalishda: chapdan o`ngga, tiskining dasta tomonidan tikkasiga va tayyorlanmaning (zagotovkaning) o`ng tomonidan chapga harakatlantirish lozim.
    Egri va aylana yuzalarni egovlashning o`ziga xos qoidasi bo`lib, egri yuzalarda egovni har bir egrilik yo`nalishi bo`yicha harakatlantirish, shuningdek aylana yuzalarni egovlashda goh egovni, goh tayyorlanmani (zagotovkani) aylantirib turish lozim.
    Egovlashda metall sirtidan chiqadigan qirindilarni metall cho`tka bilan tozalash, egov dastaga mahkam o`rnatilgan bo`lishi, dastasiz, dastasi yorilgan egovni ishlatmaslik kerak.

    Download 1,09 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




    Download 1,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Yangi mavzu bayoni (25 daqiqa)

    Download 1,09 Mb.