• Khan Academy
  • Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    geymifikatsiya
    debnomlanganvabuatamabirnechayillardanbuyonjahondagiko’p
    chilikbiznesjamoalardaishlatiladi. 
    Djeyin Makgonald
    o’zining «
    Reality Is Broken: 
    Why Games Make us Better and How they Can Change the World – Nega o’yinlar 
    bizni yaxshiroq qila oladi va ular qanday qilib dunyoni o’zgartira oladi?
    »deb 
    nomlangan kitobida yaqin yillarda geymifikatsiya bozorining kattaligi 25-30 
    milliard dollarga yetib, u inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, 
    ta’limga ham kirib borishini ko’rsatgan. Geymifikatsiya inson miyasining qilingan 
    ish uchun mukofotlanishni juda yaxshi ko’rishi hossasiga asoslangan. Bunga 
    ishonch hosil qilish uchun ijtimoiy saytlardagi turli xil o’yinlarga nazar solish 
    kifoya, chunki ularda turli xildagi mukofotlanishlar va taqdirlashlar keng yo’lga 
    qo’yilgan. 
    Zynga
    kompaniyasi bu ishni amalga oshirgan holda milliardlab dollar 
    pul ishlab olganini eslatish kifoya. 
    Geymifikatsiya
    tarafdorlari o’yin elementlarini 
    insonning har kunlik hayot tarziga maksimal ravishda integratsiya qilishni taklif 
    qiladilar. Shunda ularning tegishli sohalarda bilim olishlari va tarbiyalanishlari 
    ancha osonlashadi. Umuman aytganda, ta’limni komp’yuter yordamisiz 
    geymifikatsiyalash jarayoni allaqachonlar amalga oshgan deyish ham mumkin. 
    Chunki agar o’quvchi masalani to’g’ri yechgan bo’lsa, uni yaxshi baho bilan 
    taqdirlaydilar, aks holda esa uni yomon baho bilan jazolaydilar. Har o’quv yilining 
    oxirida esa yaxshi o’quvchilar maqtov yorliqlari bilan mukofotlanadilar, yomon 
    o’qiydiganlari esa sinfda qoldiriladilar. Ammo bunda geymifikatsiyani optimal 
    ravishda amalga oshirish uchun ko’p zahiralar, mablag’, vaqt va juda ko’p sonli 
    o’qituvchilar talab qilingani hamda u yaxshi samara bermayotgani tufayli, 
    geymifikatsiyani komp’yuter dasturiy-texnik vositalari va internet yordamida 
    boshqacharoq usullarda, ko’rinishlarda yoki boshqacha tartibda amalga oshirilishi 
    maqsadga muvofiq bo’lar edi. Misol sifatida dasturlash asoslarini o’rganish 
    bo’yicha interaktiv kurslarni o’z ichiga qamrab olgan 
    Codeacademy
    ni 
    ko’rsatishimiz mumkin. Undagi kurslar maksimal ravishda qisqa topshiriqlarga 


    181 
    bo’lingan bo’lib, o’quvchining eng kichik muvaffaqiyatga erishishi ham juda 
    yaxshi taqdirlanadi. Bu esa o’quv materiali uning yodida qolishiga va yaxhsi 
    o’zlashtirilishiga olib keladi. Ushbu sayt 2012 yilda ishga tushirilib, yil oxirida 
    unda 500 mingdan ortiq inson qayd etilgan edi. Ularning taxminan chorak qismi 
    kurslarning 
    oxirigacha 
    bora 
    oldi. 
    Codeacademy
    xozirchatekin, 
    ammokelajakdaqo’shimchamashg’ulotlaruchunpulolaboshlashivaiste’dodlidasturch
    ilarniturlixilkompaniyalaruchuntopibberaoladiganvositachibo’lib, 
    yaxshiginapulhamishlashimumkin. Bu tizimning yaratuvchilari 
    Kolumbiya 
    universitetining bitiruvchilari bo’lib, ular 
    Union Square Ventures
    va 
    Crunchb Fund
    kompaniyalaridan uch million dollar atrifodagi investitsiyalarni jalb qila oldilar. 
    Khan Academy
    da esa geymifikatsiya saytning ishlash mantiqiga chuqur 
    joylashtirib qo’yilgan. Bu akademiyada misollarni yechganlik uchun beydjiklardan 
    tashqari, har bir mavzu uchun o’quvchining bilim darajasi ko’rsatiladi va buning 
    asosida sinfning umumiy reytingi chiqariladi. Bu esa o’quvchilar orasida o’zaro 
    sog’lom raqobatning vujudga kelishini kuchaytiradi. 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish