• Birinchi qadam
  • Ikkinchi qadam
  • Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    Rauggnit
    kompaniyasi bosh direktori P’eyr Nuaza quyidagicha 
    tavsiflaydi:“
    Ishni boshlash uchun eng oddiy usul
    – qandaydir ob’ektni (
    masalan 
    dollar yoki yevroni
    ) yoki hizmatni bitkoinga sotishdir. Agarda siz bitkoin sotib 
    olmoqchi bo’lsangiz, uch qadamdan iborat ishni bajarishingiz kerak bo’ladi: 

    Birinchi qadam
    : hisob raqami ochish va ushbu hisob raqamiga biror bir 
    valyutani bitkoinga almashtirish uchun bank o’tkazmasi qilish. Bank 
    o’tkazmasi uchun kerakli vaqt o’tganidan so’ng, hisob raqamida sizga kerakli 
    bo’lgan pul paydo bo’ladi; 

    Ikkinchi qadam
    : Bozorda bitkoin sotuvchilari tomonidan taklif qilinayotgan 
    bitkoinlarning narxlari bo’lgan talablar kitobi (“
    kotirovka
    ”) ni ko’rib chiqish; 

    Uchinchi qadam
    : Endi bitkoinlar sotib olish uchun talabingizni chegaraviy 


    87 
    narxini ko’rsatgan holda kerakli joyga joylashtiring. Agarda sizning 
    chegaraviy narxingiz bozor narxidan past bo’lsa, sizga ushbu narxda bitkoin 
    sotadigan sotuvchi topilmaguncha talabingiz bajarilmaydi. Qachonki sizning 
    ko’rsatgan narxingizga bitkoin sotishga kimdir rozi bo’lsagina, siz bitkoin 
    egasi bo’lasiz”. 
    Bitkoin sotib olish uchun valyuta almashinuv punktlaridan tashqari, yana bir 
    qancha imkoniyatlar ham mavjud, shu jumladan, deponirlaydigan platformalar, bir 
    tomonlama savdo shahobchalari va avtomatlardagi almashinuv punktlri.Nazariy 
    jihatdan bitkoinlarni mayning yordamida ham olish mumkin. Ammo bu usul uchun 
    komp’yuterga kerakli bo’lgan dasturiy ta’minotni o’rnatish kerak bo’ladi. Bunday 
    dasturiy ta’minot tekin bo’ladi, lekin oddiy inson uchun bir qancha qiyinchiliklar 
    mavjud, chunki bu dasturiy ta’minotni o’rganish, o’zlashtirish hamda quvvatli 
    komp’yuter sotib olish kerak bo’ladi. Shuning uchun bitkoinga ega bo’lishning eng 
    oddiy usuli yuqorida tavsif etilganidir, desak ham bo’laveradi. Har bir tranzaktsiya 
    qonuniy bo’lishi uchun unga kriptografik usulda imzo qo’yilgan bo’lishi kerak. 
    Bunday imzo asimmetrik shifrlash usuli yordamida yoki ikkita (
    ochiq va yopiq

    kalitli shifrlash usulida qo’yilishi mumkin. Har bir tranzaktsiya kirishda oldingi 
    tranzaktsiyaga ilova oladi va bu ilova ushbu amaldagi vositalar real mavjud 
    ekanligini tasdiqlaydi. Chiqishda esa tranzaktsiya ularga mos bo’lgan summalar 
    ko’rsatilgan bir yoki bir nechta bitkoin adreslarni chiqaradi. Istalgan 
    tranzaktsiyaning kirish va chiqishlari doimo balanslangan bo’ladi. Shunga ham 
    qaramay, bu yangi tranzaktsiyaning ko’rsatgichlari darhol yetarli deb 
    hisoblanmaydi, chunki u avval tranzaktsiyalar bloklaridan iborat bo’lgan amallar 
    (
    bloklar
    ) reestriga kiritilishi kerak bo’ladi. Kodlashtirilmagan holda uzatilgan 
    tranzaktsiyalar ham amalni aniqlashtiradigan imzolar (
    vizalar
    ) yordamida haqiqiy 
    deb topilishlari mumkin bo’ladi. Xozirgi davrda bunday amallarning soni borgan 
    sari ortib borayapti. Shuni ham aytish kerakki, bir soniyada amalga oshiriladigan 
    tranzaktsiyalar soni bo’yicha bitkoin blokcheynining samaradorligi boshqa to’lov 
    tizimlariga qaraganda juda ham past. Chunki u bir sekundda eng ko’pi bilan 
    yettitagina tranzaktsiyani qayta ishlay oladi. 
    Visa
    to’lov tizimining maksimal 


    88 
    quvvati esa bir sekundda 56 ming tranzaktsiyadir. Bitkoinning blokcheyni bank 
    muassasalaridan printsipial jihatdan farq qiladi. Blokcheyn har bir amalning izini 
    saqlab turadi, ammo unda foydalanuvchilarning hisob raqamlari balansi bo’lmaydi. 
    Demak, agarda hamyon adresi raqamini yo’qotib qo’ysangiz, hisob raqamingizni 
    tiklashning imkoni bo’lmaydi. Foydalanuvchilar ikkita kalit bilan bog’liq bo’lgan 
    adresli hamyonga ega bo’ladilar. Kalitlar esa asimmetrik shifrlash tizimi 
    yordamida ochiq va yopiq kalitlar vositasida ishlaydilar. Yopiq kalit hamyonda 
    saqlanadi, ochiq kalit esa blokcheynga yozib qo’yiladi va demak uni hech qachon 
    bilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham huddi real hayotdagi kabi, hamyoningizni 
    zinhor yo’qotib qo’ymang. Agarda yopiq kalitingizni yo’qotib qo’ysangiz, u bilan 
    bog’liq bo’lgan bitkoinlarni ham yo’qotasiz. Bunday hodisa angliyalik Djeyms 
    Hovell bilan 2009 yilda ro’y bergan. U shu yili 7500 ta bitkoin sotib olgan, ammo 
    adres saqlangan diskni ishga yaroqsiz qilib qo’ygan va bu uning hozirgi payt 
    hisobidan katta pullarni yo’qotishiga olib kelgan. Bitkoinning joriy narxi iqtisodiy 
    jarayonlarga va valyuta bozori xolatiga bog’liq. Bu masalada ham 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish