• Reaktorlarni issiqlik almashinish shartlari boyicha sinflash.
  • Reaktorlarni gidrodinamik sharoit bo'yicha sinflash




    Download 290,31 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana22.01.2024
    Hajmi290,31 Kb.
    #142856
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-MA`RUZA

    Reaktorlarni gidrodinamik sharoit bo'yicha sinflash. Gidrodinamik 
    sharoitga ko'ra barcha reaktorlarni ikkita guruhga bo'lish mumkin: aralashtirish va 
    o'rin almashinish reaktorlari. 


    Aralashtirish reaktorlari – mexanik aralashtirgichi yoki tsirkulyatsion nasosi 
    bo'lgan sig'imli uskunalar. O'rin almashinish reaktorlari – uzunroq kanalga ega 
    bo'lgan quvursimon uskunalar. 
    Kimyoviy reaktorlar nazariyasida odatda oldin ikkita ideal uskunalar (ideal 
    aralashtirishga ega bo'lgan reaktorlar va ideal o'rin almashinish reaktorlari) ko'rib 
    chiqiladi. 
    Ideal aralashtirish paytida uskunaning hajmi bo'yicha reaktsiyani 
    tavsiflovchi barcha ko'rsatgichlarning absolyut to'la baravarlashuvi yuz beradi. 
    Ideal o'rin almashinishda esa reagentlar va mahsulotlarning xohlagan 
    miqdori reaktor orqali qattiq porshen sifatida siljiydi. 
    Haqiqiy reaktorlar ma'lum bir darajada ideal aralashtirish yoki ideal o'rin 
    almashinish modellariga yaqinlashadi. Ushbu nazariy modellarga tegishli tuzatish 
    koeffitsientlarini kiritish orqali ulardan haqiqiy reaktorlarni hisoblashda 
    foydalaniladi. 
    Reaktorlarni 
    issiqlik 
    almashinish 
    shartlari 
    bo'yicha 
    sinflash. 
    Reaktorlarda olib boriladigan kimyoviy reaktsiyalar paytida issiqlik effektlari yuz 
    beradi. Issiqlikning ajralib chiqishi yoki uning yutilishi sababli harorat o'zgaradi, 
    oqibat natijada reaktor hamda atrof muhit o'rtasida haroratlarning farqi, ayrim 
    sharoitlarda esa reaktorning ichida harorat gradienti paydo bo'ladi. Haroratlarning 
    farqi issiqlik almashinishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. 
    Agar atrof muhit bilan issiqlik almashinish yuz bermasa, bunday uskuna 
    adiabatik reaktor deb ataladi. Bunday holatda kimyoviy reaktsiya natijasida hosil 
    bo'lgan yoki yutilgan issiqlik reaktsion aralashmani isitish yoki sovitish uchun 
    sarflanadi. 
    Atrof muhit bilan issiqlik almashinish orqali reaktorda bir xil harorat ushlab 
    turilsa, bunday uskuna izotermik reaktor deb yuritiladi. Reaktorning xohlagan bir 
    nuqtasida ajralib chiqayotgan yoki yutilayotgan issiqlik tashqi muhit bilan yuz 
    berayotgan issiqlik almashinish ta'sirida kompensatsiya qilinadi, natijada 
    haroratning bir xilligi ushlab turiladi. 

    Download 290,31 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 290,31 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reaktorlarni gidrodinamik sharoit bo'yicha sinflash

    Download 290,31 Kb.
    Pdf ko'rish