Katalizatorning yuqorigi qatlami ikki qator to'r va chinni sharlar
joylashtirilgan kolosnik panjara 4 yordamida ushlab turiladi. Katalizatorning
yuqorigi va pastki qatlamlari oralig'idagi bo'shliqda bug'ni kiritish uchun kollektor
5 bor. Reaktorning pastki qismida chinnidan yasalgan sharlar qatlami mavjud.
Ushbu qatlam, birinchidan, katalizatorning pastki qatlami uchun tayanch hisoblansa,
ikkinchidan, reaktsiya mahsulotlarini uskunadan bir me'yorda chiqarib turishga
xizmat qiladi. Yuqorigi tubda ko'p zonali termoparalar 12 ni o'rnatish uchun uchta
shtutser bor. Ushbu termoparalar yordamida katalizator qatlamidagi harorat
maydonini va reaktorning o'rta qismidagi haroratni nazorat qilib turish mumkin.
Yuqorigi qatlamdagi katalizatorni tushirish uchun uskuna devoridagi shtutser 11
orqali, pastki qatlamdagi katalizatorni tashqariga chiqarish uchun esa pastki tubda
joylashgan shtutser 9 yordamida amalga oshiriladi. Reaktordagi yuqorigi va pastki
katalizator qatlamlari oralig'ida tuynuk o'rnatilgan. Xizmat ko'rsatish va ta'mirlash
uchun qulaylik yaratish uchun uskunaning pastki qismida tutqichlar bor.