«YuOP» firmasiga tegishli harakatchan katalizatorli katalitik riforming
reaktorining sxemasi 4-rasmda keltirilgan. Reaktor bloki ketma-ket
birlashtirilgan
to'rtta reaktordan iborat. Ushbu reaktorlarda gaz-xom ashyo aralashmasi radial
yo'nalishda harakat qiladi. Reaktorlar bitta o'q bo'ylab joylashgan bo'lib,
yaxlit
konstruktsiyani tashkil etadi va bir-birlari bilan o'tkazish quvurlari sistemasi bilan
bog'langan. Yuqorigi reaktorning ustiga regeneratsiya qilingan katlizator uchun
bunker joylashtirilgan.
Gaz-xom ashyo aralashmasi issiqlik almashgichlar sistemasi va xom ashyoni
isitish pechining birinchi bosqichini o'tib, birinchi bosqich reaktoriga kiradi, so'ngra
ketma-ket pechning tegishli
sektsiyalari va ikkinchi, uchinchi hamda to'rtinchi
reaktorlar bloki orqali o'tadi. Reaktorning to'rtinchi bosqichida hosil bo'lgan
platforming mahsulotlari separatorga kiradi, u yerda tarkibida vodorodni ushlagan
gaz ajraladi, platformat esa barqarorlashtirish jarayoniga yuboriladi.