|
Real sektorda innovasion faoliyat tushunchasi, innovasion faoliyat funksiyalari va innovasiyalar tasnifi reja
|
bet | 4/9 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 20,99 Kb. | | #160260 |
Bog'liq Real sektorda innovasion faoliyat tushunchasi, innovasion faoliy-fayllar.org4.Tahlil va sintez usuli. 4.Tahlil va sintez usuli.
Tahlil — bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U ikki darajada amalga oshiriladi. Mikroiqtisodiy tahlilda innovasion iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona va boshqa iqtisodiy subektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan xatti-harakati, tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy tahlilda innovasion iqtisodiyotni rivojlantirganda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va natijalari o’rganiladi.
Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy o’zaro ta’siri asosida xulosalar chiqarishdir.
5.Induksiya va deduksiya usuli. Induksiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan innovasion nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko’rishni anglatsa, deduksiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro’y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi
5.Induksiya va deduksiya usuli. Induksiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan innovasion nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko’rishni anglatsa, deduksiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro’y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi
O’zbekistonda innovasion iqtisodiyot rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovasion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama taraqqiy ettirish hamda respublikaning intellektual va texnologik salohiyatini ko’tarishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi bo’lib, o’z faoliyati doirasida yuqorida aytib o’tilgan dolzarb masalalar yechimi borasida aniq belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. O’zbekistonda innovasion iqtisodiyot, innovasion rivojlanish bo’yicha olib borilgan chora-tadbirlar:
1. Mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovasion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish bo’yicha:
1.1. 2018 yil 21 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovasion rivojlantirish strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. Strategiyaning bosh maqsadi inson kapitalini rivojlantirish, 2030 yilgacha Global innovasion indeks reytingi bo’yicha jahonning 50 ta ilg’or mamlakati tarkibiga kirish etib belgilandi;
1.2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 39 ta Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari bilan iqtisodiyotni real sektorini rivojlantirish bo’yicha “Yul xarita”lari ishlab chiqilib hamkorlikda samarali ishlar yo’lga qo’yildi. 20 ga yaqin tashkilotda Innovasion rivojlanish va novatorlik g’oyalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armalari tashkil etilib, jami 45,46 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirilgan;
|
| |