|
Referat mavzu: erkin o’qlar bajardi: rahmonnazarova. S tekshirdi: abdullayev. J. S farg’ona 2023 reja
|
bet | 2/6 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 45,7 Kb. | | #136772 | Turi | Referat |
Bog'liq RAHMONNAZAROVAKuch momenti qanday topiladi?
\[F\] kuch hosil qilgan kuch momenti \[\tau\] ning son qiymati quyidagi formula bilan hisoblanadi:
\[\tau = F \cdot r \sin(\theta)\]
bu yerda \[r\] – kuch yelkasi, \[\theta\] esa kuch va kuch yelkasi orasidagi burchak. 1-rasmda koʻrsatilgan eshikka kuch yelkaga toʻgʻri burchak (90\[^\circ\]) ostida taʼsir etmoqda, shu sababli sinus 1 ga teng boʻladi va
\[\tau = F\cdot r\].
Kuch momentining yoʻnalishi oʻng qoʻl qoidasi bilan aniqlanadi. Agar oʻng qoʻlimizdagi toʻrt barmogʻimiz oʻq atrofida kuch yoʻnalishini koʻrsatadigan qilib musht qilinsa, 90 gradusga ochilgan bosh barmogʻimiz (2-rasmga qarang) kuch momentining yoʻnalishini koʻrsatadi.
[Tushuntiring: bu mantiqsiz emasmi?]
2-rasm: kuch momentining yoʻnalishini oʻng qoʻl qoidasi yordamida topish.
Kuch momenti qanday oʻlchanadi?
Kuch momentining XBS (SI)dagi birligi – Nyuton-metr.
Imperial birliklar (1824-yilda Britaniyada imzolangan) sistemasida fut-funt (foot-pound)dan foydalanilgan. Bu yerda funt-kuch, yaʼni bir funt ogʻirlikdagi jismga taʼsir qiluvchi ogʻirlik kuchi deb olingan. Ular oʻzaro quyidagicha bogʻliq: \[1~\mathrm{Nm} \simeq 1{,}74~ \mathrm{ft}\cdot\mathrm{lbs}\].
Aylanma harakat qilmayotgan sistemada kuch momentini topish ancha oson, u kuchni topish bilan amalga oshiriladi. Agar kuch yelkasi berilgan boʻlsa, kuch momentini toʻgʻridan toʻgʻri topish mumkin. Aylanayotgan sistemada kuch momentini oʻlchash birmuncha qiyin. Buning bir usuli – momentni uzatuvchi metall simlardagi mexanik kuchlanishni oʻlchash va uni simsiz uzatish.
Aylanma harakat kinematikasida kuch momentining oʻrni qanday?
Aylanma harakat kinematikasida kuch momenti chiziqli kinematikadagi kuchning oʻrnini egallaydi. Bunda Nyutonning ikkinchi qonuniga (\[F=ma\]) ekvivalent formula,
\[\tau = I \alpha\].
Bu yerda \[\alpha\] burchak tezlanishdir. \[I\] esa inersiya momenti boʻlib, u aylanma harakatda boʻlgan sistemaning massasi taqsimotiga bogʻliq. \[I\] kattalashgani sayin jismning burchak tezlanish olishi qiyinlashib boradi. Biz bu formulani inersiya momenti haqidagi maqolamizda keltirib chiqaramiz.
|
| |