|
Referat mavzu: normativ meyoriy hujjatlar tushunchasi tayyorladi: Ataxanov Azizbek Qabul qildi: Jaksimova Urziya
|
bet | 2/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 110,7 Kb. | | #245219 | Turi | Referat |
Bog'liq Normativ huquqiy hujjatlar normativ huquqiy hujjatlar tushunchas (2)I-BOB. HUJJATLAR HAQIDA
1.1.Normativ meyoriy hujjatlar tushunchasi
Normativ-meyoriy hujjatlar — vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburii koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma va boshqalar) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. Normativ-meyoriy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Normativmeyoriy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonunining 2-moddasiga koʻra, "... umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-meyoriy hujjatlar deb hisoblanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida normativ-meyoriy hujjatlarni qabul qilish hukuqiga ega. Normativ-meyoriy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar:
vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqariladi, aniq oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi;
normativ-meyoriy hujjatlarni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli boʻlib hisoblanadi;
normativ-meyoriy hujjatlar ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy harakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari koʻrinishida mujassamlantiradi;
normativ-meyoriy hujjatlar rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan organning nomi, qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon qilingan joyi va h.k.;
normativ-meyoriy hujjatlar yuridik kuchga ega.
Normativ-meyoriy hujjatlarga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi:
normativ-meyoriy hujjatlar loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi;
normativ-meyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin;
normativ-meyoriy hujjatlarni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-meyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashtirib turish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
normativ-meyoriy hujjatlarning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi.
Normativ-meyoriy hujjatlarda uni amalga oshirishning meyoriy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari va shahrik. koʻrsatilishi mumkin.
Normativ-meyoriy hujjatlar agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi. Normativ-meyoriy hujjatlar amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Normativ-meyoriy hujjatlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
|
| |