|
Referat mavzu: normativ meyoriy hujjatlar tushunchasi tayyorladi: Ataxanov Azizbek Qabul qildi: Jaksimova Urziya
|
bet | 7/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 110,7 Kb. | | #245219 | Turi | Referat |
Bog'liq Normativ huquqiy hujjatlar normativ huquqiy hujjatlar tushunchas (2)Jamoat birlashmalari normalari - barcha tashkilotlar o’rtasidagi, shuningdek bu tashkilot a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi xulq - atvor qoidalaridir. Jamoat birlashmalari normalarning boshqa normalardan farqi shundaki, ular o’z maqsadlaridan kelib chiqqan holda ma’lum tartib qoidalar ishlab chiqadi va jamiyat rivojiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, xotin-qizlar jamiyati oila, ayol, farzand, ota-ona bilan bog’liq munosabatlarni, “Kamolot” jamg’armasi yoshlar, ularning jamiyatdagi o’rni, bilimi, xulqi, odobi bilan bog’liq munosabatlarni belgilaydi va tartibga soladi.
An’ana normalari - hayotda muhim o’rin tutgan qadriyatlarni asrash maqsadida yuzaga kelgan xulq - atvor qoidalaridir. Masalan, ming yillar davomida shakllanib kelayotgan o’zbek milliy to’ylari, taomlari, liboslar, уylarning tuzilishi, uy-ro’g’or anjomlari, hasharlar va boshqalar an’ana normalari asosida tartibga solinadi.
Marosim normalari - an’analardan kelib chiqqan holda o’tkaziladigan rasm-rusumlarni bajarishdagi qoidalaridir. Masalan, milliy to’ylariga bog’liq yuzlab rasm-rusmlarni keltirish mumkin (to’ylarda albatta karnay-surnaylarning bo’lishi, olov yoqilishi, nahorga osh tortilishi, to’ylarni o’tkazishda mahalla-kuyning faolligi va boshqalar).
Diniy normalar - dinga e’tiqod qiluvchilar, dindorlar, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, madrasa va boshqalar) hayotini, shuningdek, diniy marosimlarni tartibga soluvchi xulq -atvor qoidalaridir. Masalan, O’zbekiston aholisining aksariyat qismi dinga, xususan musulmonlar, islom diniga e’tiqod qiladi.
Siyosiy normalar - alohida shaxslar (siyosatchilar) va siyosiy birlashmalar (partiyalar, harakatlar)ning hokimiyatga munosabatini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalaridir.
Huquq normalari - davlat tomonidan o’rnatiladigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan, barcha uchun umumiy majburiy bo’lgan xulq - atvor qoidalaridir.
Huquqning asosiy funksiyalari ya’ni vazifalari quyidagilardan iborat:
|
| |