|
Referat mavzu: normativ meyoriy hujjatlar tushunchasi tayyorladi: Ataxanov Azizbek Qabul qildi: Jaksimova Urziya
|
bet | 3/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 110,7 Kb. | | #245219 | Turi | Referat |
Bog'liq Normativ huquqiy hujjatlar normativ huquqiy hujjatlar tushunchas (2)1.2.Meyoriy hujjatlar turlari
Normativ-meyoriy hujjatlar -vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburiy koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (Qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma va boshqalar) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. Normativ-meyoriy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Normativ meyoriy hujjatlar toʻgʻrisida"gi Qonunining 2-moddasiga koʻra, "... umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida Qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-meyoriy hujjatlar deb hisoblanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida Normativ-meyoriy hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega. Normativ-meyoriy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar: vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqariladi, aniq oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi; Normativ-meyoriy hujjatlarni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli boʻlib hisoblanadi; ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy harakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari koʻrinishida mujassamlantiradi; rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan organning nomi, qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon qilingan joyi va h.k.; yuridik kuchga ega. Normativ-meyoriy hujjatlarga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi: loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi; loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin; Normativ-meyoriy hujjatlarni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir; vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashti-rib turish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi; Normativ-meyoriy hujjatlarning matni loʻnda, oddiy va ravon tidda bayon etiladi. Normativ-meyoriy hujjatlarda uni amalga oshirishning meyoriy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari va shahrik koʻrsatilishi mumkin. Normativ-meyoriy hujjatlar agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi. amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Normativ-meyoriy hujjatlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
Qonun - inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Qonun davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega boʻladi. Qonun uchun uni qabul qilishning alohida tartibi. bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi, qonun loyihasining muhokama qilinishi, qonunning qabul qilinishi va uning eʼlon qilinishidan iborat. Qonunlar oʻzida mujassamlashgan normalarning mohiyati boʻyicha konstitutsiyaviy. toʻgʻridan-toʻgʻri konstitutsiya talablari asosila qabul qilinadigan (organik) va oddiy qonun larga boʻlinadi. Oddiy qonunlar, oʻz navbatida, kodifikatsiya qilingan va joriy qonunlarga boʻlinadi. Federativ davlatlarda qonunlar, shuningdek, federal va federatsiya subʼyektlari qonunlariga ajratiladi. qonunlarning alohida toifasini favqulodda qonunlar tashkil etadi.
Normativlik qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. meyoriy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ boʻlishi mumkin, lekin ular qonunchalik qatʼiy kuchga ega boʻlmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki huquqni muhofaza etuvchi boʻlishi mumkin. qonunning normativligi uning bir xildagi qoidani barcha uchun norma, meʼyor, mezon darajasiga koʻtarilishidadir. qonunda mustahkamlangan qoida hamma oʻxshash hollarda bir xildagi talab sifatida takror-takror amal qiladi. Qonunning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qatʼiyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bogʻliqligidadir. Aynan shu irodaning imperativ (boʻysundiruv-chi) mazmuni qonun vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) asosiy qonun - Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) qonun (kodekslar va joriy qonunlar); 4) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari. Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat meyoriy tizimining, butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi. Qonunlar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach; qonunda yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan vaqtdan boshlab. Qonun oʻzida koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan) oʻz kuchini yoʻqotadi. Qonun zamonda amal qiladi. Buning maʼnosi shuki, ayrim QONUNlar orqaga qaytish kuchiga ega. Yaʼni, qonun eʼlon qilinmasdan oldin boʻlgan ishlarga shu qonun tatbiq etiladi. Jumladan, Oʻzbekistonda jinoyat va maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. Qonun makonda ham amal qiladi. Buning maʼnosi qonunlar mamlakatning barcha hududlarida amal qilishini bildiradi. Davlat hududiga quruqlik, ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi havo boʻshligʻi va davlat chegarasi doirasidagi yer osti kiradi. Odatda, qonunlar ushbu hududdagi barcha subʼyektlar, yaʼni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir. Qonunning oliy yuridik kuchga egaligi quyidagilarda namoyon boʻladi: qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim oʻzgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangisini oʻrnata olmaydi; boshqa barcha normativ-meyoriy aktlar qonunga qatʼiy muvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi; bironbir qonunosti normativ-meyoriy akt, yaʼni, Qonunga asoslangan hujjat qonunga zid boʻlsa, u qonunga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi; qonunni qabul qilgan organdan boshqa hech kim uni qoʻshimcha tarzda tasdiqlashi va harakatdan toʻxtatib qoʻyishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya va barcha qonunlar asosida ularning ijrosini ta’minlash uchun farmon, qaror va farmoyish tarzida normativ-meyoriy hujjatlar qabul qiladi.
|
| |