O‘zbekiston respublikasining “normativ-meyoriy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonuni




Download 110,7 Kb.
bet5/9
Sana20.05.2024
Hajmi110,7 Kb.
#245219
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Normativ huquqiy hujjatlar normativ huquqiy hujjatlar tushunchas (2)

2.2.O‘zbekiston respublikasining “normativ-meyoriy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonuni.
Ushbu Qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida Qonun hujjatlari normalarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-meyoriy hujjat deb hisoblanadi.
3-modda. Normativ-meyoriy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonun hujjatlari
Normativ-meyoriy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa Qonun hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi normativ-meyoriy hujjatlarining turlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi.
4-modda. Normativ-meyoriy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-meyoriy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) hisoblanadilar.
II. NORMATIV-meyoriy HUJJATLARNING TURLARI VA O‘ZARO NISBATI
5-modda. Normativ-meyoriy hujjatlarning turlari
Quyidagilar normativ-meyoriy hujjatlar hisoblanadi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
b) O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari;
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
e) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari;
j) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari
Normativ-meyoriy hujjatlar Qonun hujjatlari hisoblanadi va ular O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari Qonunlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-meyoriy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari Qonun osti hujjatlari hisoblanadi.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarining ustunligi
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida Qonunlar va boshqa normativ-meyoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari
O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish orqali qabul qilinadi.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-meyoriy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-meyoriy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-meyoriy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-meyoriy hujjatlari bir necha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ularning bittasi tomonidan boshqalari bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining tarmoq bo‘linmalari va hududiy organlari normativ-meyoriy tusdagi hujjatlar qabul qilishga haqli emas, Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Download 110,7 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 110,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasining “normativ-meyoriy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonuni

Download 110,7 Kb.