Referat mavzu: normativ meyoriy hujjatlar tushunchasi tayyorladi: Ataxanov Azizbek Qabul qildi: Jaksimova Urziya




Download 110,7 Kb.
bet4/9
Sana20.05.2024
Hajmi110,7 Kb.
#245219
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Normativ huquqiy hujjatlar normativ huquqiy hujjatlar tushunchas (2)

II-BOB. NORMATIV-MEYORIY HUJJATLAR
2.1.Normativ-meyoriy hujjatlar 
Prezident devoni reglamentining 30-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umummajburiy davlat ko’rsatmalari sifatida meyoriy normalarni belgilashga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan hujjatlari normativ-meyoriy hujjat hisoblanadi hamda farmon va qaror shaklida qabul qilinadi. Jamiyat hayotining alohida sohalarini isloh qilish yoki davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash, davlat organlarini tashkil etish yoki tugatishga qaratilgan muhim hujatlari qaror shaklida qabul qilinadi. (3-ilova) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tezkor va boshqa joriy masalalar bo’yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi. Normativ-huqiqiy bo’lmagan hujjatlar (kadr, fuqarolik, afv etish, siyosiy boshpana berish, davlat mukofotlari bilan taqdirlash hamda harbiy va maxsus unvonlarni berish, individual xarakterdagi masalalar va hokazo) ham Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari shaklida qabul qilinishi mumkin. Farmoyishda bevosita ijrochilarga ko’rsatma beriladi. Farmoyishda operatsiyalar amalga oshirilgani haqidagi fakt ko’rsatilmaydi va hisob-kitob yozuvlari uchun asos bo’lmaydi. Farmoyish -boshqaruvga doir meyoriy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalarga oid qarori farmoyish shaklida chiqariladi. Prezident konstitutsiyaga va Qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. "Vazirlar Mahkamasi amaldagi Qonunlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fukarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi" (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 98-modda). Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi farmoyishlar chiqarishi Konstitutsiyada koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, muassasa rahbarining yakka uzi tomonidan chiqariladigan meyoriy hujjatlar ham farmoyish hisoblanadi. Farmoyish mansabdor shaxslarning muayyan aniq doirasiga moʻljallanib, uning amal qilish va bajarilish muddati belgilangan boʻladi.
Farmon (2- ilova) - muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (prezident) chiqaradigan muhim meyoriy hujjat. Umuman olganda, farmon bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi. umumiy qoidaga koʻra, farmon mazkur davlat Konstitutsiyasi va qonunlariga (OʻzRda - Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va OʻzR qonunlariga) zid boʻlmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida Prezident farmonlari oliy majlis yoki vazirlar mahkamasi roziligisiz mustaqil tarzda Prezident tomonidan qabul qilinadi.7 Farmon mazmun va mohiyatiga koʻra, konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon boʻlib, yuridik kuchi nuqtai nazaridan konstitutsiya va qonun normalariga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining "normativ-meyoriy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonuni (2000 yil 14 dekabr)ga koʻra, Prezident farmonlari belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart. Yo`riqnoma (1- ilova) qonun yoki boshqa mе'yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan meyoriy hujjatdir. Xususan, korxona, tashkilot, muassasaning tashkiliy, ilmiy-tеxnikaviy, moliyaviy tomonlari xususida tartib-qoida o`rnatish maqsadida davlat yoki jamoa boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi, ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 110,7 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 110,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat mavzu: normativ meyoriy hujjatlar tushunchasi tayyorladi: Ataxanov Azizbek Qabul qildi: Jaksimova Urziya

Download 110,7 Kb.