• Foydalanilgan adabiyotlar: O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Lex.uz
  • -yil 1-maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi




    Download 412.59 Kb.
    bet2/2
    Sana03.03.2024
    Hajmi412.59 Kb.
    #166095
    TuriReferat
    1   2
    Bog'liq
    15-22 Biznesni soliqqa tortish Jabborov Feruz
    Algoritmlarni eng yomon va o‘rtacha holatlarda baholash, thaisz 2010 bp, 11-mavzu(Ota otkazuvchanlik va uning kvantomexanikaviy talqini), AFFERENT NERVLAR SEZUVCHANLIKNI OSHKUVCHl MODDALAR, Amaliy mashg’ulоt №5 Mavzu-fayllar.org, Boshlang‘ich sinflarda hikoyalarni o‘rganish orqali o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish y‘ollari, SST-STX 15-22 Jabborov Feruz MIT, 15-22 Turdaliyv Umid - копия, Unib chiqayotgan urug’larning O2 ning yutilishi va CO2 ning ajralishi., Nafas olish koeffisentini aniqlash, .insho
    2023-yil 1-maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:
    avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralarini oʻrnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;
    - paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari oʻz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishi.
    Shuningdek, toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” soʻm boʻlgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.
    O‘zbekiston Respublikasining «Òadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari quyidagilardan iborat:
    • yakka tartibdagi tadbirkorlar;
    • mikrofirmalar;
    • kichik korxonalar;
    • oilaviy korxona.
    Shuningdek, jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat va dehqon xo‘jaligi shakllarida amalga oshirishi mumkin. Ayni vaqtda, tadbirkorik faoliyatini amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari, ya’ni tadbirkorlik tashkilotlari tuziladi. 65 Xususiy tadbirkor o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan foydalansa, u yuridik shaxs hisoblanadi va tadbirkorlikni O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy korxonalar to‘g‘risida»gi, «Òadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirishi zarur. Qishloq xo‘jaligida xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunlarida o‘z ifodasini topgan. Fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlaridan foydalangan holda mahsulot yetishtiruvchi, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi, fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar fermer xo‘jaligi a’zosi hisoblanmaydi. Òadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari tizimida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining har xil turlari yetakchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi oddiy xo‘jalik shirkati umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir nechta shaxsning birlashuvidir. Xo‘jalik jamiyati tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir shaxs yoki bir nechta shaxsning mulklarini birlashtirish yo‘li bilan tashkil qilinadigan korxonadir. Ishtirokchilarning shirkat nomidan o‘zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati bilan birgalikda shug‘ullanadigan va shirkatning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli barcha mulk bilan javobgar shirkat to‘liq shirkatdir. Ishtirokchilarning bir qismi shirkat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun qo‘shilgan summa yoki badallar chegarasida tavakkal qiladigan va shirkat amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati kommandit shirkat deb ataladi. Xususiy tadbirkorlik deb, jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi tushuniladi. Òadbirkorlik faoliyati subyektlari respublikamizda o‘rnatilgan tartibga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Òadbirkorlik faoliyati subyektlari yirik yoki kichik tadbirkorlik subyektlariga bo‘linadi. O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining 66 asosiy qismini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish hamda xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida, 2004-yil 1-yanvardan quyidagi toifalar asosida kichik biznes subyektlari maqomi belgilandi:
    Turli shakldagi korxonalar Kichik korxonalar Kichik korxonalarga tarmoqqa oidligiga ko‘ra, quyidagi korxonalar kiritiladi:
    • yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi bo‘lgan korxonalar;
    • mashinasozlik, metallurgiya, yonilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohaMikrofirmalar va kichik korxonalar xodimlarining soni bo‘yicha mezonlari MIKROFIRMALAR (xodimlarining o‘rtacha yillik soni) ishlab chiqarish tarmoqlarida 20 kishidan ko‘p bo‘lmagan xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga bevosita aloqasi bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan KICHIK KORXONALAR (xodimlarining o‘rtacha yillik soni) yengil va oziq-ovqat sanoati, metallni qayta ishlash, yog‘ochni qayta ishlash, mebel va qurilish materiallari sanoatida 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qurilish sanoatida 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan fan, ta’lim, maorif, aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida 25 kishidan ko‘p bo‘lmagan savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan 68 laridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi bo‘lgan korxonalar;
    • fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan korxonalar. Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik sonini aniqlashda unitar (sho‘ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi. Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko‘p bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi. Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar yuqorida sanab o‘tilgan tijorat tashkilotlariga ular tomonidan vakolatli tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlari, davlat statistika organlari, banklar va boshqalarga) imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar xususiyatidan kelib chiqib, kichik tadbirkorlik subyektlari ekanligi haqida xabarnoma taqdim etgan holda qilingan murojaatlar asosida beriladi. Mulkiy shakli bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari shartli ravishda quyidagicha guruhlanadi:
    • yakka mulk egaligi (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, xususiy korxonalar);
    • hamkorlik (xo‘jalik shirkatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, fermer xo‘jaliklari va boshq.). Yakka mulk egaligi o‘z manfaatlari yo‘lida biznesni mustaqil tashkil etish imkonini beradi. Uning afzalliklari quyidagilarda ko‘rinadi:
    • yakka mulk egaligiga asoslangan tadbirkorlikni tashkil etish nisbatan oson kechadi, ya’ni ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yengil;
    • yakka mulk egasi o‘z biznesiga o‘zi xo‘jayin va mustaqil xo‘jalik yuritish hamda qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega. Ammo shu bilan birga, uning kamchiliklari ham mavjud:
    • ko‘p holatlarda yakka tadbirkorning keyinchalik o‘z biznesini kengaytirish va ko‘proq daromad topish imkoniyatlari moliyaviy jihatdan cheklangan bo‘ladi;
    • moliyaviy resurslarning cheklanganligi sababli tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalar ko‘p holatlarda yakka tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishga moyil bo‘lmaydi;
    • yakka mulk egasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish bilan bog‘liq barcha vazifalarni (xodimlarni yollash va boshqarish, moddiy ta’minot, mahsulotni sotish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tashkil etish, mablag‘larni jalb etish, buxgalteriya hisobi va hisobot shakllarini yuritish va h.k.) bir o‘zi bajarishiga to‘g‘ri keladi va bular uning ko‘p vaqtini band etadi;
    • yakka tadbirkorlik subyekti cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladi, ya’ni noto‘lovlar vujudga kelganda kreditorlar uning shaxsiy mulkiga ham da’vo qo‘zg‘atishi mumkin. Hamkorlik biznesni tashkil etishning yakka tadbirkorlikka nisbatan mukammalroq shakli hisoblanadi. Hamkorlikda ikki yoki undan ortiq sheriklar korxona tashkil etish va uni birgalikda boshqarishga kelishib olishadi. Bunda ular korxonani ta’sis etish jarayonida o‘zlarining moliyaviy mablag‘larini va ishbilarmonlik qobiliyatlarini ham birlashtirishadi. Shu bilan birga, biznesni yuritish bilan bog‘liq tadbirkorlik xatari hamda foyda yoki zararlarni o‘zaro taqsimlaydilar. Korxona faoliyatida ishtirok etishiga ko‘ra, hamkorlar turlicha mavqega ega bo‘lishadi. Ayrim hollarda hamma sheriklar biznesni boshqarishda birdek faol ishtirok etishsa, boshqa holatlarda bir nechta sheriklar boshqaruvda ishtirok etmasligi mumkin (masalan, kommandit shirkatda). Hamkorlikning afzalliklari:
    • yakka tadbirkorlikdagi kabi hamkorlikdagi biznesni tashkil etish ham birmuncha oson kechadi;
    • ishtirokchilar sonining ko‘pligi boshqaruvda ixtisoslashuv imkoniyatini yaratadi;
    • bir nechta sheriklarning resurslarini birlashtirish oqibatida korxonaning moliyaviy barqarorligi kuchayadi va kredit beruvchi muassasalardan qarzga mablag‘lar jalb etish imkoniyati kengayadi. Hamkorlikning kamchiliklari:
    • korxonani boshqarishda bir nechta kishi ishtirok etganda, boshqaruv qarorlari qabul qilishda fikrlar va manfaatlarning mos kelmasligi, o‘zaro kelishmovchiliklar hamda ayrim sheriklarning mas’uliyatsizligi biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishiga xalaqit qilishi mumkin;
    • garchi, yakka mulk egaligiga nisbatan moliyaviy imkoniyatlar kengroq bo‘lsa-da, biznes doirasini kengaytirish va yirik 70 loyihalarni amalga oshirish uchun mablag‘ yetishmasligi mumkin;
    • hamkorlikning davomiyligini oldindan bashorat etib bo‘lmaydi, bir yoki bir nechta sherikning biznesdan chiqishi korxona faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
    • hamkorlikda biron-bir sherikning uquvsizligi yoki mas’uliyatsizligi natijasida ko‘rilgan zarar uchun barcha sheriklar birdek moddiy javobgar bo‘lishadi. Oilaviy korxonalar Oila a’zolari yoki boshqa qarindoshlar ishtirokida tadbirkorlik faoliyatini yuritmoqchi bo‘lgan shaxslar uchun 2012-yilning 26-aprelida O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona ishtirokchilarining va yollanma xodimlarning umumiy soni kichik biznes subyektlari uchun belgilangan xodimlar o‘rtacha yillik sonidan ko‘p bo‘lmasligi kerak, shuningdek, oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz bo‘lmasligi lozim va bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emas. Agar oilaviy korxona xalq badiiy hunarmandchiligi faoliyati bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, soliq imtiyoziga ega bo‘ladi. Boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda oilaviy korxonalar yagona soliq to‘lovi to‘laydilar. Mazkur qonunda oilaviy korxona tashkil etish tartib-qoidalari belgilab qo‘yilgan. Qonunning 4-moddasiga muvofiq, oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek, oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik biznes subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona ishtirokchilari — oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari)), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opasingillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog‘a, amaki hamda amma va xolalari bo‘lishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda kichik biznes subyektlari turlarini chizma orqali quyidagicha ifodalash mumkin:


    Kasanachilik bilan shug‘ullanish va uning afzalliklari Respublikamizda kasanachilik bilan shug‘ullanish ko‘p jihatdan ma’lum kasbga ega bo‘lib, uy sharoitida ishlashni ma’qul ko‘radigan fuqarolar uchun juda qulaydir. Umuman olganda, kasanachilik tushunchasi tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq, jismoniy shaxs — kasanachining yashash joyi bo‘yicha unga yoki uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalari bo‘yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish tushuniladi. Mamlakatimizda kasanachilikni rivojlantirish maqsadida bir necha imtiyozlar joriy etilgan. Masalan, korxonalar bilan mehnat shartnomasini tuzgan kasanachilarga xuddi biron korxonada shtat asosida ishlayotgan xodimdek mehnat daftarchasi ochiladi va band aholi toifasiga kiradi, eng muhimi ularga, pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar tayinlashda kasanachilik asosida ishlagan vaqti mehnat stajiga qo‘shiladi. Shu bilan birga, korxonalar uchun ham kasanachilar mehnatidan foydalanish qulay, chunki ular mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga to‘lanadigan mablag‘larga teng miqdorda, mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod etilgan. Agar korxona kasanachi mehnatidan foydalanmasdan fuqaroni ishchi xodim sifatida qabul qilsa, unga hisoblangan ish haqiga nisbatan 25 % miqdorida yagona ijtimoiy to‘lov to‘lanishi kerak, ushbu xizmatni kasanachi mehnatidan foydalanib tashkil etsa, u holda 25 % miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod etiladi. Ushbu imtiyoz bilan birga agar kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni jalb qilgan holda kichik korxonalar ko‘rinishida ishni tashkil etsalar, xodimlar sonining cheklangan me’yorlarini 30 % ga oshirishga ruxsat etiladi. Kasanachi o‘zining uyida mehnat faoliyatini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, turar joylarni yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish talab etilmaydi, ya’ni ortiqcha hujjatlar yig‘ib hokimiyatdan Yakka tartibdagi tadbirkorlar Mikrofirmalar Oilaviy korxonalar Kichik biznes subyektlari Kichik korxonalar 3.3.1-rasm. Kichik biznes subyektlari. 72 noturar joy obyekti sifatida ruxsatnoma olish kerak emas. Agarda fuqarolar o‘z turar joyidan kasanachilikdan tashqari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishda foydalanmoqchi bo‘lsa, o‘rnatilgan tartibda noturar joy obyekti sifatida ruxsatnoma olishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15-maydagi qaroriga ko‘ra, kichik korxona o‘z uylarida ishlayotgan (kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan) fuqarolar bilan, qonun hujjatlarida belgilangan xodimlar sonining cheklangan normatividan ko‘pi bilan 30 % oshgan miqdorda mehnat shartnomalari tuzganda, kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar mazkur korxona uchun saqlanib qoladi. Hozirda tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga xorijiy sarmoyalarni olib kirish uchun mikrofirmalar, kichik korxonalar tashkil etilib, maqbul sharoitlar yaratilmoqda. Xususiy korxona O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi Qonuni 3-bandiga muvofiq, «Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona, deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir. Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi». Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va «xususiy korxona» degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va «xususiy korxona» degan so‘zlarni yoki «XK» abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak. Xususiy korxona yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, muhrga, banklarda hisob-kitob schotiga ega bo‘ladi. U o‘z 73 filiallari, sho‘ba korxonalari va vakolatxonalarini tashkil etish huquqiga ega. Xususiy korxona mulkdor tomonidan, uning tegishli mol-mulki negizida tuziladi. Mulkdor xususiy korxonaning:
    • ustavini tasdiqlaydi;
    • korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi;
    • korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi;
    • xususiy korxonaning pul mablag‘larini hamda boshqa molmulkini tasarruf etadi;
    • shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi;
    • banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. Xususiy korxona mulkini asosiy va aylanma mablag‘lar, shuningdek, qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa pul-moddiy boyliklar tashkil qiladi. Xususiy korxona o‘z mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ni, ishlab chiqarish chiqitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilangan narxlar va tariflar bo‘yicha sotish huquqiga ega. Korxona egasining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplangandan, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan, shuningdek, kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan so‘ng qoladigan daromadi (foydasi) uning o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etiladi. Xususiy korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar, ularda firma belgisi yoki ishlab chiqaruvchining familiyasi, buyumning nomi yoki ramzi va boshqa zarur ma’lumotlar ko‘rsatilib, markirovka qilinishi kerak. Xususiy korxonalar xodimlarni tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatilib, yozma shaklda tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bo‘yicha yollaydilar. Ular O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga, ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilashga, mehnat xavfsizligi, sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilinishini ta’minlashga majburdir. Yollanib ishlayotgan shaxslar mehnatiga shartnoma yoki kontraktda ko‘rsatib o‘tilgan haq miqdori davlat tomonidan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas. Xususiy korxonalar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonunga muvofiq assotsiatsiya (uyushma)larga va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. 74 Xo‘jalik shirkatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar Yuridik shaxs maqomida faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari xo‘jalik shirkatlari yoki jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. Fuqarolik kodeksining 58-moddasida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga quyidagicha ta’rif beriladi: «Ulushlarga (qo‘shilgan hissalarga) yoki muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga bo‘lingan ustav fondi (ustav kapitali)ga ega bo‘lgan tijoratchi tashkilotlar xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari hisoblanadi. Muassislar (ishtirokchilar) qo‘shgan hissalar yoki ular sotib olgan aksiyalar hisobiga vujudga keltirilgan, shuningdek, xo‘jalik shirkati yoki jamiyati o‘z faoliyati jarayonida ishlab chiqargan va sotib olgan mol-mulk mulk huquqi asosida unga tegishlidir». Xo‘jalik shirkatlari O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan «Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tartibga solib turiladi. Muassislarning ulushlariga (hissalariga) bo‘lingan ustav fondiga ega bo‘lgan tijorat tashkiloti xo‘jalik shirkati hisoblanadi, bunday shirkatda muassislar yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar. Xo‘jalik shirkati qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Ro‘yxati qonunlarda belgilanadigan faoliyatning ayrim turlari bilan xo‘jalik shirkati faqat litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin. Xo‘jalik shirkati boshqa yuridik shaxslarning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishi mumkin. Xo‘jalik shirkati to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va shirkatining joylashgan manzili ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, u o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blanklariga, o‘z ramziga, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgisiga va boshqa o‘z belgialomatlariga ega bo‘lishga haqlidir. Xo‘jalik shirkatlari to‘liq shirkat yoki kommandit shirkat shaklida tuziladi. Ishtirokchilari (to‘liq sheriklari) o‘z o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq, shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to‘liq shirkat, deb hisoblanadi. Òo‘liq shirkatning firma nomi yo uning barcha ishtirokchilari nomini (nomlanishini), shuningdek, «to‘liq shirkat» degan so‘zlarni yoxud bir yoki bir necha ishtirokchining «va kompaniya» so‘zlari 75 qo‘shilgan nomini (nomlanishini), shuningdek, «to‘liq shirkat» degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining butun molmulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar (to‘liq sheriklar) bilan bir qatorda, shirkat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qo‘shuvchi, kommanditchi) mavjud bo‘lsa, bunday shirkat kommandit shirkat, deb hisoblanadi. Yakka tadbirkorlar va tijoratchi tashkilotlar to‘liq shirkatning ishtirokchilari hamda kommandit shirkatda to‘lik sheriklar bo‘lishlari mumkin. Xo‘jalik shirkati ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
    • xo‘jalik shirkatining ishlarini boshqarishda qatnashish;
    • xo‘jalik shirkatining faoliyati to‘g‘risida axborot olish, ta’sis shartnomasida belgilangan tartibda buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
    • foydani taqsimlashda ishtirok etish;
    • xo‘jalik shirkati tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisobkitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish. Shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan tarkib topadi. Qonunchilikda shirkat ustav fondi (ustav kapitali)ning miqdori shirkatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko‘ra, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo‘lmasligi belgilangan. Shirkat ishtirokchisining shirkat ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushining miqdori foizlarda yoki kasr ko‘rinishida belgilanadi. Shirkat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan shirkat ustav fondi (ustav kapitali)ning o‘zaro nisbatiga muvofiq bo‘lishi kerak. Òadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatlarini xo‘jalik jamiyatlari shaklida tashkil etishlari ham mumkin. Xo‘jalik jamiyatlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga 76 bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat, deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
    Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, deb hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo‘lgan va qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda javobgar bo‘ladilar. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq nomini va «mas’uliyati cheklangan jamiyat» so‘zlarini o‘z ichiga oladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to‘liq yoki qisqartirilgan nomini hamda «mas’uliyati cheklangan jamiyat» so‘zlarini yoki MCHJ abbreviaturasini o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq nomini va «qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat» so‘zlarini o‘z ichiga olishi kerak. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to‘liq yoki qisqartirilgan nomini hamda «qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat» so‘zlarini yoki QMJ abbreviaturasini o‘z ichiga oladi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo‘lgan jamiyatga aylanishi mumkin. Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim. Agar jamiyat ishtirokchilarining soni ushbu me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va ishtirokchilarining soni belgilangan me’yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning talabiga binoan, sud tartibida tugatilishi kerak. Dehqon xo‘jaligi Dehqon xo‘jaligi ichki iste’mol va mayda tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul 77 qilingan «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, dehqon xo‘jaligining faoliyati tartibga solinadi. Dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi. Dehqon xo‘jaligini yuritishdan ko‘zda tutilgan maqsad, dehqon manfaati nuqtayi nazaridan, ichki iste’mol va tovar mahsuloti yaratish, shuningdek, boshqa faoliyat turlari orqali o‘zi va oilasining moddiy farovonligini ta’minlashdir. Dehqon xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanishga erishish, shu asosda eng kam sarf-xarajat birligi evaziga mahsulot yetishtirishni har tomonlama ko‘paytirishdan iborat. Shuningdek, yer resurslaridan unumli foydalanish, mamlakat aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda, o‘zi joylashgan hududning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda ishtirok etish kabi bir qator vazifalarni yechishga ham dehqon xo‘jaliklari o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim. Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida bir qator afzalliklarga ega:
    • ishlab chiqarish hajmining kichikligi bozordagi talab va taklif nisbatiga tez moslashish hamda ko‘p mablag‘ sarflamay, o‘z faoliyati yo‘nalishlarini qayta shakllantirish imkonini beradi;
    • oila mehnatiga tayanish uy bekalari, qariyalar va bolalar mehnatidan ham unumli foydalanish hamda asrlar davomida shakllanib kelgan dehqonchilik madaniyatining avloddan avlodga o‘tib borishiga sharoit yaratadi;
    • xususiy mulk egaligi hamda yerning meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mulkdan oqilona foydalanishga yo‘l ochadi. Dehqon xo‘jaligi ichki iste’mol va mayda tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish bilan bog‘liq hamda xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslangan tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi. Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanishga haqli. Dehqon xo‘jaligi tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega


    XULOSA:
    Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uning asosida aholi, ayniqsa, yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, ularning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishlari va iqtisodiy mustaqillikka erishishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishga joylashishga ko‘maklashishni tashkil etish, kasbga tayyorlash va yo‘naltirish tizimini joriy etish hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
    .

    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

    2. Lex.uz

    Download 412.59 Kb.
    1   2




    Download 412.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -yil 1-maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi

    Download 412.59 Kb.