2. Dasturiy ta’minot
Dasturiy taʼminot yoki Software bu Komputerda maʼlum bir turdagi
vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. bu hisoblash texnikasi vositalari
bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun
dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi tushuniladi.
Aynan shu dasturiy taʼminotgina kompyuter — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa
chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar
toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama software yaʼni „soft“ — yumshoq, „ware“ —
„mahsulot“ degan maʼnoni bildiradi.
Dasturiy taʼminot 3 guruhga boʻlinadi: 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi
vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi: Task Manager (Windows OSda mavjut)), 2-
Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov
berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : Microsoft
Office, Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlassdir). Hisoblash tizimi
(kompyuter va tarmoqlar) tarkibi. Hisoblash tizimi tarkibi konfigurasiya deb ataladi.
Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib
o’rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat
konfigurasiyasi va dasturiy konfigurasiyasi alohida olib o’rganiladi. Bunday
bo’linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki ko’p
xollarda alohida olingan masala echimini ham apparat, ham dastur vositalari
yordamida ta’minlash mumkin. Apparat ta’minoti. Hisoblash tizimlarining apparat
ta’minoti tarkibiga, apparat konfigurasiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar
kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli
konstruksiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bo’lgan apparat
konfigurasiyani tayyor blok va qismlardan yig’ib olish mumkin. Qurilmalarning,
markaziy prosessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab
tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz. Tashqi qurilmalar, qoida bo’yicha,
ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda periferik qurilmalar
ham deb ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mo’ljallangan
qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi. Alohida blok va qismlar orasidagi
kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb
ataluvchi o’tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash
texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi.
Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning
boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyayatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi
uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir. Dasturiy ta’minot Dastur –
buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Кompyuter uchun tuzilgan har dastur
vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar
bilan xech qanday bog’liqligi yo’qdek ko’rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish
qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot
chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat urilmalarini
boshqarishga asoslangan. Кompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo
uzilmas aloqada va uzluksiz bog’lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida
ko’rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va
ularni alohida ko’rib chiqish shartli ekanlgini sedan chiqarmaslik kerak.
Кompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy
konfigurasiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari
orasidagi kabi o’zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko’pgina dasturlar, quyiroq
darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog’lanish dasturlararo
interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va
o’zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo’lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni o’zaro
aloqada bo’lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi.
Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi
sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining
dasturlarni o’rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatasiya qilish va texnik xizmat
ko’rsatishgacha bo’lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir.
Shunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning
funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti 7 sathiga ega bo’lgan
hisoblash tizimi ko’p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy
ta’minotni o’rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi. Rasm 1. Asos dasturiy
ta’minoti. Dasturiy ta’minotning eng quyi sathi-asos dasturiy ta’minotidan iboratdir.
Bu ta’minot asos apparat vositalari bilan aloqaga javob beradi. Qoida bo’yicha, asos
dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy xotira deb
ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dastur va ma’lumotlar doimiy xotira
(DX) mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida yoziladi va ularni ishlash
jarayonida o’zgartirish mumkin emas. Amalda, ishlatish vaqtida asos dasturiy
vositalarini o’zgartirish zaruriyati kelib chiqsa, DX mikrosxemasi o’rniga qayta
dasturlash imkoniga ega bo’lgan doimiy xotira qurilmasidan foydalaniladi.
Axborot -atrof-muxit ob'еktlari va hodisalari, ularning o`lchamlari va holatlari
to`g`risidagi ma'lumotlardir. Axborot insonlar o`rtasida ma'lumotlar ayiriboshlash,
odamlar va qurilmalar o`rtasida signallar ayiriboshlashni ifoda etadigan umummiliy
tushunchadir[8]. Informatika fani axborot tabiat hodisalari yoki ob'еktlar
to`g`risidagi tasavvurimizni o`zgartiruvchi o`zaro kontsеptual bog`liq ma'lumotlar,
ko`rsatkichlar, nеgizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborotlar
bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham qo`llaniladi[8]. Ma'lumotlarga faqat
saqlanadigan bеlgilar yoki yozib olinadigan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin.
Agar bu ma'lumotlarga biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun
foydalanish imkoniyati tug`lsa, ma'lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun
axborotni foydalaniladigan ma'lumotlar dеb atasa ham bo`ladi. Masalan, qog’ozga
tеlеfon raqamlarini ma'lum tartibda yozib, birovga ko`rsatgansiz,u buni biror
axborot bеrmaydigan ma'lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir tеlеfon
raqami to`g`risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomining faoliyati turi yozib
qo`yilsa, avvalgi ma'lumot axborotga aylanadi. Matnli, sonli, grafikli va tovushli
axborotlar kompyuterda qayta ishlanishi uchun berilganlar shaklida taqdim qilinishi
lozim. Berilganlar–kompyuterda qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan shaklda
ifodalanadigan axborotlardir. Buyruq–u elementar instruksiya bo‘lib, unda
kompyuterning u yoki bu amalni bajarishi ifodalaniladi. Protsessorni biror-bir
operatsiyani amalga oshirishi uchun bitta buyruq emas, balki bir – nechta buyruqlar
ketma-ketligini bo‘lishi zarur bo‘ladi. Berilganlarni kompyuterda dasturli qayta
ishlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) kompyuterni tashqi xotirasida
saqlanuvchi dastur bajarilishi uchun ishga tushirilganda u operativ xotiraga
yuklanadi; 6 2) protsessor dastur buyruqlarini berilgan ketma-ketlikda o‘qiydi va uni
bajarishni amalga oshiradi; 3) qayta ishlash jarayonida qayta ishlangan berilganlar,
protsessor tomonidan operativ yoki tashqi xotiraga yozilib boriladi; 4) protsessor
chiqarish qurilmasi berilganlariga so‘rovlar yuborishi va o‘zida qayta ishlangan
berilganlarni chiqarish qurilmalariga uzatishi mumkin. Dasturlar-bu buyruqlarning
tartiblangan ketma-ketligidir.Istalgan kompyuter dasturlarining yakuniy maqsadi –
apparat vositalarini boshqarish va natijalar olishdan iborat bo‘ladi. Odatda, dasturiy
ta’minot (Software) deyilganda hisoblash tizimi orqali bajariladigan dasturlar
to‘plami tushuniladi. O‘z o‘rnida dasturiy ta’minot– kompyuter tizimlarining
ajralmas qismi hisoblanadi va u texnik vositalarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Aniq
kompyuterni qo‘llanish sohasi undagi dasturiy ta’minotning imkoniyatlari bilan
belgilanadi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti bir-biri bilan ajralmas va
uzluksiz o‘zaro harakatda bo‘ladi. Bir butun kompyuter, yoki uning tarkiy qismlari
o‘z-o‘zidan axborotlarni qayta ishlay olmaydi. Kompyuterning ishlashini turli xil
funksiya va vazifalarni bajaruvchi dasturlar boshqaradi. Hisoblash tizimining
dasturiy ta’minoti dasturli konfigurasiya deb ataladi. Hisoblash tizimlari fizik tugin
va bloklarda ajratilgani singari, dasturlararo ham o‘zaro aloqa mavjud bo‘ladi,
ko‘plab dasturlar boshqa quyi darajadagi dasturlarga tayangan holda ishlaydi.
Kompyutеrning dasturiy ta'minoti orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani amaliy dasturiy
ta'minot (ADT) dir[14]. Bunga asosiy sabab - kompyutеrlardan inson faoliyatining
barcha sohalarida kеng foydala-nishi, turli prеdmеt sohalarida avtomatlashtirilgan
tizimlarning yaratilishi va qo‘llanishidir Amaliy dasturiy ta’minot o‘zida aniq bir
vazifani bajaruvchi amaliy dasturlar majmuini mujassamlashtiradi. Tabiiyki amaliy
dasturiy ta’minotlar va tizimli dasturiy ta’minotlar orasida bevosita o‘zaro aloqa
mavjud bo‘ladi. 7 Dunyoda kompyuter texnikasini jadal rivojlanishi, dasturiy
mahsulotlarni ham shunday jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Dunyoda
kompyuterlarni ommaviylashuvini dasturiy ta’minotlarsiz tassavur qilib bo‘lmay
qoldi. Kompyuterlarning rivojlanishini tijorat sohasini apparat ta’minoti (hardware)
va dasturiy ta’minoti soft (software) kabi ikkita katta qismlarga ajratilishiga olib
keldi. Dunyoda Microsoft, Oracle, Sun, Borland kabi dasturiy mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi kompaniyalar yuzaga keldi. Hisoblash texnika vositalarini tezkorlik
bilan rivojlanishi va kompyuterlarning qo‘llanish sohalarini tobora kengayib borishi
dasturiy ta’minotlar evolyusiyasi jarayonini tezlashtirdi[11]. Agar oldin dasturiy
ta’minotlarning asosiy kategoriyalari (operatsion tizimlar, translyatorlar, amaliy
dasturlar paketi) barmoq bilan sanarli bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib u tugal bir
rivojlanish tomoniga o‘zgardi. Yangi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishda tugal
bir yangi bo‘lgan yondoshuvlar yuzaga keldi. Bu jarayon talab qilinadigan dasturiy
mahsulotlar bilan bozordagi amaldagi dasturiy mahsulotlarning nisbatini keskin
o‘zgarishiga olib keldi. Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil
sohalariga mansub bo‘lgan dasturlar kiradi. Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir
dastur bo‘lib, u qandaydir muammoli sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan
mo‘ljallangan bo‘ladi. Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning
shartlaridan biri amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir.
Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik
mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini
yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi. Axborot ta'minoti —
axborotni
tasniflash
va
shartli
belgilash
tizimi,
hujjatlarni
umumlashtirish
(unifikatsiyalash)
tizimi,
axborot
oqimlari
sxemasi
hamda
ma'lumotlar
bazasini
tuzish
uslubiyotlarining to`plamidir.
|