• Tarmoqlanuvchi algoritmlar
  • Tarmoqlanishning umumiy ko‘rinishi
  • Kvadrat tenglamani yechish algoritmi




    Download 339.84 Kb.
    bet3/8
    Sana17.09.2022
    Hajmi339.84 Kb.
    #26025
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    14-mavzu. Qurilish va arxitektura sohasida axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash
    Mehnat gigiena fanidan majmua, 3-mavzu Autocad dasturi, 12-mavzu. Veb-saytlar va ularning turlari. Veb-sahifa va uning tuzilishi., 13-mavzu. Qurilish va arxitektura sohasida axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash usullari., kymyo hisobot, Mavzu, enter steel
    Kvadrat tenglamani yechish algoritmi

    Chiziqli algoritmlar. Har qanday murakkab algoritmni ham uchta asosiy struktura yordamida tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, ayri va takrorlash strukturalaridir. Bu strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:



    • Chiziqli algoritmlar;

    • Tarmoqlanuvchi algoritmlar;

    • Takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar;

    • Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar;

    • Rekurrent algoritmlar;

    • Takrorlanishlar soni oldindan no‘malum algoritmlar;

    • Ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.

    Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga-chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy strukturasini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:

    Chiziqli algoritmlar blok - sxemasining umumiy strukturasi
    Tarmoqlanuvchi algoritmlar.Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi strukturasi berilgan shartning bajarilishiga qarab ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi.

    Tarmoqlanishning umumiy ko‘rinishi

    Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, r-berilgan shart. Agar shart bajarilsa, «ha» tarmoq bo‘yicha a amal, shart bajarilmasa «yo‘q» tarmoq bo‘yicha b amal bajariladi. Tarmoqlanuvchi algoritmga tipik misol sifatida quyidagi sodda misolni qaraylik.


    1- Misol:
    Berilgan x ning qiytmatiga bog’lik holda, agar u musbat bo‘lsa «ha» tarmoq bo‘yicha y=x2 funksiyaning qiymati, aks holda y=-x2 funksiyaning qiymati hisoblanadiko‘rinishidagi funksiya qiymatini hisoblash algoritmi

    Ko‘pgina masalalarni yechishda, shart asosida tarmoqlanuvchi algoritmlarning ikkita tarmog’idan bittasining, ya’ni yoki «ha» yoki «yo‘q» ning bajarilishi yetarli bo‘ladi. Bu holat tarmoqlanuvchi algoritmning xususiy holi sifatida aylanish strukturasi deb atash mumkin. Aylanish strukturasi quyidagi ko‘rinishga ega:




    Download 339.84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 339.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kvadrat tenglamani yechish algoritmi

    Download 339.84 Kb.