• Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi.
  • Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin.
  • Tafakkur qonuni
  • Reja: Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo’nalishlari




    Download 1,23 Mb.
    bet12/13
    Sana07.12.2023
    Hajmi1,23 Mb.
    #113342
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    FALSAFA MUSTAQIL ISH 4

    Tafakkur shakllari
    «Ilmiy nazariya» tushunchasida esa, predmetlarning birorta sohasiga oid bo‘lgan va ular haqida yaxlit tasavvur beradigan, ma’lum bir metod yordamida qurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Xuddi shuningdek, «predmetlarning birorta sohasiga aloqadorligi», «predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga imkoniyat berishi», «ma’lum bir metod yordamida qurilishi», «tushunchalar sistemasi shaklida bo‘lishi» ilmiy nazariyaning muhim belgilari hisoblanadi. Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan «Temir-metall» degan hukmda predmet (temir) bilan uning xossasi (metall ekanligi) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquqdan ilgari paydo bo‘lgan» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan,


    Daraxt - o‘simlik


    Har bir ximiyaviy element o‘z atom og‘irligiga ega




    Terak – daraxt


    Mis - ximiyaviy element

    Terak - o‘simlik


    Mis o‘z atom og‘irligiga ega


    Xulosa chiqarish ko‘rinishlari mazmuni bo‘yicha turlicha bo‘lishiga qaramasdan, bir xil mantiqiy strukturaga ega.


    Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat.

    Download 1,23 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo’nalishlari

    Download 1,23 Mb.