O‘zbekiston energetikasining rivojlanish tarixi




Download 33.42 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi33.42 Kb.
#43958
1   2   3
Bog'liq
To\'rayeva S
2019S lecture 01, 2-semestr Nazariy fizika (kvant mexanika) oraliq 2022-2023, Begaliyeva shoxsanam, amaliyot hisoboti, vazifa, 10-Sinf-Fizika-fanidan-YILLIK-dars-ishlanmalar, Toshpo`latov Azizbek 1, Tillar shajarasi, 3-maruza Elektronika, 001, 3-dars Muahammad Javohir, O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi, yosh psixologiya 2.doc, 41675
O‘zbekiston energetikasining rivojlanish tarixi.
1914-yilda Turkiston energetika xo‘jaligining quvvati 20 ming ot kuchidan ortiqroq bo‘lib, mavjud 51 ta elektr stansiyalardagi umumiy elektr motorlarining
soni 500 tadan oshmas edi.
1917-yilga kelib, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi
elektr stansiyalarning umumiy quvvati 3 ming kVt ni tashkil qilib,
ularda bir yilda 3,3 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
O‘zbekiston energetikasi taraqqiyotida Turkiston o‘lkasini
elektrlashtirish rejasining tuzilishi katta ahamiyat kasb etdi. 1923-yil
Toshkent shahri chekkasidan o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida gidroelektr
stansiyasi (GES)ning qurilishi boshlandi. 1926-yil O‘zbekiston
energetikasida birinchi o‘sha vaqtda O‘rta Osiyoda eng katta bo‘lgan 2
ming kVt quvvatli Bo‘zsuv GESining birinchi navbati ishga tushirildi.
O‘zbekiston energetika tizimi tuzilgan paytda (1934-y.)
Respublikada elektr energiyasi quvvatining o‘sishi asosan Chirchiq-
Bo‘zsuv yo‘nalishidagi umumiy quvvati 180 ming kVt bo‘lgan ketma-
ket qurilgan gidroelektr stansiyalari hisobiga to‘g‘ri keldi.
1939-yilda Qizilqiya ko‘mir havzasi negizida Quvasoy Davlat
tuman elektr stansiyasi (DRES) ning 12 MVt quvvatli kondensatsion
turbina agregati va Toshkent to‘qimachilik kombinati issiqlik elektr
stansiyasining 6 MVt quvvatli ikkita turbinasi ishga tushirildi.
Elektr stansiyalarining qurilshi va sanoat korxonalarining
rivojlanishi magistral elektr tarmoqlarini qurish zaruratini keltirib
chiqardi. Qodir GES ining ishga tushirilishi bilan bir vaqtning o‘zida
Respublikada birinchi bo‘lib undan Toshkent shahriga elektr
energiyasini uzatuvchi 35 kV kuchlanishli ikki zanjirli liniya
foydalanishga topshirildi.
1939–1940-yillarda 110 kV kuchlanishli havo liniyalari Quvasoy
DRESini Andijon shahri bilan, Tavoqsoy GESini Chirchiq shahri bilan
bog‘ladi.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida Toshkent shahri atrofini bog‘lovchi
35 kV kuchlanishli halqasimon havo liniyasi qurib bitkazildi, shimoliy
sanoat hududini elektr energiya bilan ta’minlash uchun katta quvvatli
«Severnaya» podstansiyasi qurildi.
1943-yilda Sirdaryo daryosida qurila boshlagan 125 ming kVt
quvvatli Farhod GESi kimyo sanoatini rivojlantirish va sug‘oriladigan
yerlarni suv bilan ta’minlash imkonini berdi. O‘zbekiston va qo‘shni
respublikalarning 700 ming gektardan ortiqroq yerlarini o‘zlashtirishga
imkon beruvchi suv to‘g‘onlari qurildi.
Angren ko‘mir havzasini o‘zlashtirilishi ikkita issiqlik elektr
stansiyasi – 600 ming kVt quvvatli Angren IES va Olmaliq issiqlik
elektr markazi (IEM)ni qurishga asos bo‘ldi.
1972-yil Sirdaryo IESida O‘rta Osiyoda birinchi eng katta kritik
parametrlarda (bug‘ bosimi 240 atm., harorati 545
ishlovchi 300 ming kVt quvvatli energetika bloki ishga tushirildi. Hozirgi paytda
Sirdaryo IESda 10 ta shunday quvvatli bloklar ishlamoqda.
Hozirgi paytga kelib o‘rnatilgan uskunalar quvvatlarining
yig‘indisi 12,0 mln. kVtdan ortiqroq bo‘lgan 37 issiqlik va gidroelektr
stansiyalarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston energetika tizimi asosini yirik
elektr stansiyalari, shu jumladan, Sirdaryo (3,0 mln. kVt), Yangi-Angren
(2,1 mln. kVt), Toshkent (1.86 mln. kVt) va Navoiy (1,25 mln. kVt)
issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi (1.3-rasm). Ushbu elektr
stansiyalarda birlik quvvati 150 – 300 ming kVt bo‘lgan 30 dan ortiq
zamonaviy energetika bloklari o‘rnatilgan. Birlik quvvati Markaziy
Osiyoda eng katta 800 ming kVt bo‘lgan Tollimarjon issiqlik elektr
stansiyasi mustaqillik yillarida ishga tushirilib, uni yanada kengaytirish
ishlari davom etmoqda.



Download 33.42 Kb.
1   2   3




Download 33.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston energetikasining rivojlanish tarixi

Download 33.42 Kb.