|
Ratsional va noratsional ijod qilish modeli
|
bet | 7/8 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 41,28 Kb. | | #138073 |
Bog'liq 1-MavzuRatsional va noratsional ijod qilish modeli
1-rasm
Ong osti qatlamida sodir bo‘ladigan ijodiy jarayon ko‘lami va dinamikasi tadqiqotchi izlanish faoliyatini katta qiziqish va muttasil olib borishi bilan belgilanadi.
Tadqiqotchilar faoliyatida muammoni intuitiv yechimi ko‘p hollarda kutilmagan paytda topiladi.
Fransuz olimi A.Puankare matematik funksiyalar ustida olib borgan tadqiqot ishlari samara bermay turdi . Xuddi shu paytda geologik ekspiditsiyaga qatnashishi uchun Kutans shahriga borishga to‘g‘ri keladi. Yo‘l mashaqqatlari bois olib borgan tadqiqoti uning xayoliga ham kelmaydi. Poezddan tushib, belgilangan manzilga borish uchun izvoshning zinasiga qadamini qo‘yayotganida tafakkurida muammoni topa olmagan yechimi to‘satdan paydo bo‘ladi.
Shunisi qiziqki, Puankare suhbatdoshi bilan gapni buzmaslik uchun «topilgan» yechimni tahlil qilib ham o‘tirmaydi. Manzilga yetib borganidan keyin favqulotda paydo bo‘lgan yechimni tegishli matematik vositalar bilan tekshiradi va uning to‘g‘riligiga ishonch hosil qiladi.
Muammo ustida tinmay ish olib borish ong osti ruhiy jarayonlarni jadallashtiradi, xattoki tush ko‘rish mexanizmi ham bu jarayondan chetda qolmaydi.Uyqudagi ruhiy noaqliy faoliyat (ijodiy tush ko‘rish) ba’zida uyg‘oqlikdagi aqliy faoliyatdan farq qilib, sifat jihatidan samaraliroq bo‘lishi mumkin. Bizga yetib kelgan manbalarga ko‘ra Ibn Sino va Al-Xorazmiy kabi allomalar ko‘p muammolar javobini tush ko‘rish paytida olishar ekan.
Ibn Sino o‘zini tarjimai holida shunday deydi: «Agar bir oz uyquga ketsam, tushimda, o‘ngimdagi masalalarni ko‘rar edim va ko‘p masalalar tushumda ayon bo‘lardi»1. Xuddi shuningdek, D.I.Mendeleev ham kimyo asoslarini yetuk darajada bilmaganida davriy sistema jadvalining to‘g‘ri varianti tushida aniq namoyon bo‘lmas edi. Ko‘plab ratsional-mantiqiy urinishlar natijasiz bo‘lgan bir sharoitda, intellektning faoliyat energiyasi passayganida, uyquda miya yarim shartlarining tormozlanmagan hujayralari ong osti tafakkurni faollashtiradi va bu noongli ruhiy faoliyat oqibatida D.I. Mendeleev tushida kimyo elementlari davriy tizimining to‘g‘ri varianti «ko‘rinadi», hosil bo‘ladi.
|
| |