|
Reja: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
|
bet | 1/8 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 41,28 Kb. | | #138073 |
Bog'liq 1-Mavzu
Mavzu: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari. Tadqiqotchi faoliyati va unga qo‘yiladigan malakaviy talablar. Fanda ijod qilish
Reja:
1.«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
2. Tadqiqotchi uchun zarur bo‘lgan malakaviy talablar.
Ijodiyot va uning turlari.
1. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari
Tadqiqot olib birish qoida va usullarini bilish fanda samarali ijod qilish imkoniyatini beradi. Murakkab ilmiy muammolar bilan shug‘ullanishga kirishgan yosh kuchlarda tadqiqotchilik malakasi hali yetarli bo‘lmaydi. Shu bois, ilmiy tadqiqot metodologiyasida ishlab chiqilgan qoidalar, tamoyillar va uslubiy tavsiyalarni o‘rganish ilmiy muammoni to‘g‘ri qo‘yish, uni hal qilishga qaratilgan yondashuv va variantlarni oqilona tanlash yo‘llarini ko‘rsatadi. Shu holatdan kelib chiqib, mazkur fan maqsadini quyidagicha belgilash mumkin:
- ilmiy ijod qilish, yangi bilimga erishish yo‘llari va usullari;
- ilmiy axborotni izlash va qayta ishlash;
- ilmiy muammoni ifodalash va baholash;
- olingan ma’lumotlarni xolisligi va takrorlash mumkinligini asoslab beradigan me’yoriy talabalardan foydalanish
- natija va xulosalarni amaliyotga joriy qilish qoidalari haqidagi bilimlarni berishdir.
Fan oldiga qo‘yilgan maqsadda uning predmetiga kirgan muammolarni o‘rganish, olingan natijalardan nazariy va amaliy yo‘nalishlarda foydalanish belgilanadi. Shuning uchun izlanish maqsadini oqilona tavsiflash bilan fan predmeti xususida aniq tasavvurga ega bo‘lish o‘rtasida ma’lum bog‘lanish mavjud.
Fan predmeti aslida unda ko‘rib chiqiladigan masalalarni umumlashtirib, qisqa shaklga keltirilgan ta’rifdir. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi quyidagi masalalar bilan shug‘ullanadi:
- ilmiy bilim qanday hosil bo‘ladi?
- tadqiqot nima?
- axborot va faktlar bilan ishlash qanday amalga oshiriladi?
- bilimni aniq va ishonchli bo‘lishi nimalarga bog‘liq?
- usul nima?
- usuldan foydalanish va uni yangilash qanday tarzda amalga oshiriladi?
- tadqiqotning samaradorligi nima bilan belgilanadi?
- tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish qoidalari va boshqalar.
Qayd etilgan savollarni umumlashtirsak fan predmeti kelib chiqadi. Demak, «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» - bu ilmiy bilish mexanizmlari, tadqiqot vositalari va usullari, axborot bilan ishlash va olingan natijalarni rasmiylashtirish, amaliyotga joriy qilish yo‘llari va qoidalarini o‘rganadigan fandir.
«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fani oldiga quyilgan maqsaddan konkret vazifalar kelib chiqadi. Bular quyidagilardan iboratdir:
Magistrantlar va yosh olimlarda nazariy va tajribaviy tadqiqot o‘tkazish malakasini shakllantirish;
Tadqiqotda axborot va faktlar bilan ishlash texnologiyasini o‘zlashtirish;
Ilmiy tadqiqotni tashkil qilish, uni amalga oshirish rejalari va bosqichlarini ishlab chiqishni o‘rganish;
Magistrantlarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish yo‘llarini bilib olish;
Ilmiy ijod qilish yo‘llari va mexanizmlarini o‘rganish;
Ilmiy tadqiqot olib borish sharti bo‘lgan tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllartirish.
Bu tadqiqotchini o‘zi va boshqalar qo‘lga kiritgan natijalarni xolisona baholash imkoniyatni beradi.
Fan va texnologiyada paydo bo‘layotgan innovatsion g‘oyalar va loyihalarni bilib borish va o‘zlashtirish uquvini shakllantirish.
Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish qoidalari va talablarini bilish, amaliyotga joriy qilish malakasiga ega bo‘lish.
Qayd etilgan qoidalar, talablar va tavsiyalarni o‘rganib borar ekanmiz, natijada bizda tadqiqot olib borish malakasi shakllanadi, tushunchalar, tamoyillar va usullar bilan ishlash ko‘nikmasi vujudga keladi. Ilmiy tadqiqot metodologiyasini o‘rganishdan olgan bilimlarimizni izlanish amaliyoti bilan bog‘lab borish jarayonida esa tadqiqot samaradorligi ortib boradi.
|
| |