Reja: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari




Download 41,28 Kb.
bet3/8
Sana15.01.2024
Hajmi41,28 Kb.
#138073
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu

Zehn va ishchanlikni saqlash

Tadqiqotchining asosiy intellektual quroli-zehndir. «Zehn» arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, tushunish qobiliyati, fahm, uquv kabi ma’nolarni anglatadi. Yana bir ibora: zehn solmoq diqqat bilan kuzatmoqni bildiradi.


Zehnning bir qator turlari mavjud: amaliy zehn, hissiy-obrazli zehn, verbal (og‘zaki so‘zlarga nisbatan) zehn, mavhumlashgan zehn, operator zehni va boshqalar.
Mavhumlashgan zehn tafakkurni o‘tkirligi va qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Bunday zehn fundamental muammolar bilan shug‘ullanadigan nazariyotchilarda rivojlangan bo‘ladi.
Yosh tadqiqotchi o‘z zehnini muntazam mashq qilish, vazifalarni bajarish va o‘z-o‘zini nazorat qilish yo‘li bilan takomillashtiradi.
Zehn kuchini o‘stiradigan ruhiy-emotsional omillar ham mavjud. Bular: motivatsiya, ishtiyoq, kayfiyat, o‘z ishidan qoniqish yoki qoniqmaslik, ilmiy muammoga berilib ketish, ishlash qobiliyati, hamkasbdoshlarning ishlarini tanqidiy tahlil qilish va boshqalar.
Izlanish samaradorligini oshiradigan muhim ruhiy-energetik zaxira ishchanlikdir. Bu ishga berilib ketish holatini muntazam jarayonga aylanishida namoyon bo‘ladi.
Ishchanlik ishlash qobiliyati koeffitsienti bo‘lib, mehnat kunida turlicha qiymatga ega bo‘ladi. Psixologik tadqiqotlarda ishchanlik koeffitsienti qiymatining o‘rtacha raqamlari quyidagicha belgilangan: birinchi bosqich-mehnatga kirishish (1-1,5 soat). Organizm uyqu yoki orom holatidan chiqadi. Ikkinchi bosqich-barqaror, unumli ish vaqti (3-4 soat). Uchinchi bosqichda toliqish paydo bo‘ladi, ishlash qobiliyatini dinamikasi susayadi. Mehnat kunida bu bosqichlar almashadi-tushlikkacha, tushdan keyin sutka davomida ishchanlik koeffitsienti to‘lqinsimon o‘zgarib, maksimumlari 9-13 va 16-20 soatlarga to‘g‘ri keladi.
Ayrim tadqiqotchilar kechalari unumdor ishlaydilar. Aytish kerakki, keltirilgan raqamlar o‘rtacha statistik ko‘rsatkichdir. Tadqiqotchining individual xislatlariga ko‘ra raqamlar u yoki bu tomonga og‘ishi mumkin. Bu ko‘rsatkichlarni mehnat va dam olish rejimini tashkil qilishda hisobga olish kerak.
Hafta davomida ham ish qobiliyati o‘zini darajalariga ega. Dushanba – ishga kirishish kuni, seshanba, chorshanba, payshanba – barqaror, unumdor mehnat qilish kunlari, juma va shanba – faoliyat energiyasi asta-sekin pasayadigan kunlar.
Tadqiqot olib borish tafakkur organi bo‘lgan miyaning holati va faollik ritmalariga bog‘liq. O‘z navbatida miyaning faollik darajasi bir qator omillar bilan belgilanadi. Bunda uyqu va o‘yg‘oqlik ritmlari yetakchi rol o‘ynaydi.
Mehnat, ovqatlanish, jismoniy tarbiya, sog‘lom uyqu va dam olishlarni oqilona tashkil qilish miyaga, shu jumladan, organizmga to‘la qonli energetik imkoniyat, kuch-quvvat berad.

Download 41,28 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 41,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Download 41,28 Kb.