Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi




Download 96,41 Kb.
bet5/11
Sana29.05.2024
Hajmi96,41 Kb.
#256473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kirish Asosiy qism Marketing tushunchasi va uning mohiyati

Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi
Ko’rsatib o’tilgan marketing konsepsiyalari har bir mamlakat uchun starndart yoki me’yor yoki qoida sifatida ko’rilmasligi kerak. Marketing evolyutsiyasi har qaysi mamlakatda o’zini xususiyatlari va bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Biroq marketingni paydo bo’lishi bilan bog’liq jahon tajribasi hamda bozor munosabatlarini rivojlanishi aniq mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tatbiq etish va bozor munosabatlarini shakllantirishga ishlatilishi mumkin ekanligi foydali hisoblanadi. Bundan tashqari marketingni rivojlanishida mashhur umumiy tendentsiya – e’tiborni tovar ishlab chiqarishdan iste’molchiga, uning xoxish va ehtiyojlariga qaratish talab etiladi.
Birinchi davr - marketing konsepsiyasi “ishlab chiqarish konsepsiyasi” - “mahsulot ustunligi” tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori - “imkoni boricha ko’proq tovar ishlab chiqar, Chunki bozor talabi cheksiz”. Shunisi diqqatga sazovorki, bizning iqtisodiyotimiz hozirgi davrda hammadan ko’ra ibtidoiy marketing konsepsiyasiga yaqin turadi.
Tovar konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o’xshash tovarlarning sifatini boshqa firmani Shunday tovarlari bilan solishtirib ko’radilar. Bu konsepsiyani ko’pincha kompaniya, firma, tashkilotlar, Shuningdek, notijorat tashkilotlar ham ushlab turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi.
Keyingi davr “sotish konsepsiyasi” nomini oldi. Bunda firmaning mahsulotini “mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing” shiori bilan sotishni mo’ljallash birinchi o’ringa chiqadi. Tovar va savdo marketinggi konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga yuqori darajada foyda qo’lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz talabga ega bo’lgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benihoya katta edi.
50-yillarda boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish hajmi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa ko’rsatgichlarni uzoq muddatli o’zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. Shunga ko’ra bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko’zda tutilgan.
Marketing rivoji tarixida 50-yillar muhim bosqich bo’ldi. Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish tangligi ko’rinib qoldi. Marketing - ishlab chiqarishni bozor talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini iste’molchiga - “bozor ustunligi”ga mo’ljal olish tashqil etdi. Marketing boshkaruvining bozor konsepsiyasi yanada rivojlandi.
An’anaviy marketing konsepsiyasi 50-yillarning o’rtalaridan boshlab marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firmaning faqat bozor strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini ham belgilaydigan yetakchi vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy boshkarish markazi, bozor, ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va moliyaviy faoliyati masalalari bo’yicha axborotlar va tavsiyalar manbai bo’lib qoldi. Marketing xizmati ijtimoiy talab va bozor konyuunkturasi holati hamda o’zgarishlarini batafsil tahlil qilish asosida u yoki bu tovarni ishlab chiqarish zarurati, istiqboli va foydaliligi, ishlab chiqarish dasturlarini moddiy-texnika jihatlaridan ta’minlash imkoniyatlari to’g’risidagi masalalarni hal etadi.
Quyida sotish va marketing konsepsiyasi berilgan (1-chizma).

Download 96,41 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 96,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi

Download 96,41 Kb.