Marketing elementlari tarkibi va marketing – miks tushunchasi




Download 96,41 Kb.
bet8/11
Sana29.05.2024
Hajmi96,41 Kb.
#256473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kirish Asosiy qism Marketing tushunchasi va uning mohiyati

5. Marketing elementlari tarkibi va marketing – miks tushunchasi.

Marketing tizimida quyilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va boshqa sub’ektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing usullari yig’indisi, uslublari zarurdir. Shunday vositalardan marketing-miks, marketing kompleksi bo’lib hisoblanadi. Bularni marketing nazariyasiga 1964 yilda birinchi bulib Garvard biznes maktabi ‘rofessori Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 “P” deb nomlanib, Makkarti tomonidan 1960 yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to’rtta asosiy elementlari ajratib ko’rsatilgan: tovar (product), narx (price), sotish (place), reklama-rag’batlantirish (promotion).


Marketing faoliyatida ehtiyoj va muxtojlikni ayirboshlash orqali qondirish jarayonida albatta inson ishtirok etadi. Shuning uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 “P” ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida takidlab o’tilgandir. Marketing-miks elementlari quyidagi chizmada ko’rsatilgan (2-chizma).
1968 yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) ko’shib, oldingi 4 “P” ni 6“P” ga kengaytirib ko’rsatdi.
4“P” modelini qo’llanishini cheklanganligiga qaramasdan, marketing nazariyasini shakllanishi va amaliyotini rivojlanishida ilg’or rol o’ynaydi.
Marketing-miks keng qo’llanadigan shaklda 4 ta marketing submiksini o’z ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, Shartnoma miksi, kommunikativ miks, taqsimot miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, mahsulot sifati, o’rovi, xaridorlrga xizmat ko’rsatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va hokazo.
Shartnoma siyosati tovarni oldi-sotdi akti Shartlari keliShuvini va bitim ko’rinishida ularni rasmylashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora-tadbirlariga: narx siyosati, ustama va chegirtma tizimi, tovar yetkazib berish va uni to’lov Shartlari, Shuningdek kredit siyosati kiradi.

2-chizma. Marketing tizimidagi besh asosiy narsa.


Taqsimot siyosati tovarni tayyorlanish joyidan oluvchiga yetkazib berishni amalga oshiradi. Bu siyosat sotish kanalini asoslash va tahlil qilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari siyosati, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish siyosati. Iste’molchilar va bozorlarni joylashuvi siyosati, yetkazib berish siyosati, tayyor mahsulotlarni omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalarni o’z ichiga oladi.


Kommunikativ siyosatni vazifasi xaridor ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida talabni shakllantirish va tovar va xizmatni siljitish bo’yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun marketing tizimini barcha ob’yektlarini korxona – mahsulot tayyorlovchilar bilan o’zaro harakatini tashqil etishdan iboratdir.

Download 96,41 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 96,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketing elementlari tarkibi va marketing – miks tushunchasi

Download 96,41 Kb.