Marketingning tamoyillari, funksiyalari va konsepsiyasi




Download 96,41 Kb.
bet11/11
Sana29.05.2024
Hajmi96,41 Kb.
#256473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kirish Asosiy qism Marketing tushunchasi va uning mohiyati

Marketingning tamoyillari, funksiyalari va konsepsiyasi


Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to`rtta marketingni muqobil maqsadlarga ajratiladi.

  1. Iste’mol darajasini oshirish;

  2. Iste’molchilarni qondirilishini maksimallashtirish;

  3. Iste’mol tanlovini maksimallashtirish;

  4. Turmush tarzini (sifatini) oshirish.

Iste’mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o`sishga olib keladi, ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek ishsizlikni kamayishiga olib keladi.
Iste’molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste’mol kutayotgan tovar (xizmat) xossalariga to`liq mos kelishiga erishishni ko`zlaydi.
Iste’mol tanlovini maksimallashtirish iste’molchilarga shunday tovar (xizmat)larni turli xillarini ko`rsatib, ularning xodimlariga to`liq mos keluvchi bozorda tovarlarni qidirib topish mumkin bo`lgan tovarlarni mujassamlashtiradi.
Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta’minlash va tovar (xizmat) narx bo`yicha maqbul bo`lish emas, balki jismoniy va moddiy jihatdan sifatni anglatadi.
Marketingning asosiy tamoyillari:

  1. Iste’molchiga yo`naltirilganlik.

  2. Kelgusiga yo`naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo`ljalni olgan bo`lishi kerak.

3. Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo`naltirilganlik. Marketing faoliyati natijasi o`lchamli bo`lishi kerak (bozor ulushi, sotish hajmi, foydaning o`sishi).
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati - tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo`ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi:

  • iste’molchilarga nima kerak bo`lsa o`shani ishlab chiqarish kerak;

  • bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarn muammolarini yechish vositalari bilan ishlash;

  • tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so`ng tashkil etish kerak;

  • firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga konsentrlashganini kuchaytirish;

  • marketing konsepsiyasi vositalarini qo`llash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;

  • •korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo`ljal olish;

  • tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;

  • tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;

  • talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo koorrdinatsiyalash va o`zaro ta’sirini ushlab turish;

  • tovar bozori yoki firma imiji (obro`yi) va raqobatli afzallikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari - bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir o`tkazishdan iborat.

Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillari kelib chiqadi:

  • iste’molchilarga yo`naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi sxohdir;

  • istiqbolga yo`naltirilgan tamoyil, ya’ni subyekt faoliyati istiqbolga yo`naltirilgan bo`lishi zarur;

  • pirovard ko`rsatkichga erishishga yo`naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor hissasini, foydani oshishi va hokazolar.

Marketing konsepsiyasini olib borish uchun marketing funksiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funksiyalari quyidagi guruhlarga bo`linadi:

  • marketing tadqiqotlari;

  • mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;

  • sotish va taqsimot funksiyasi;

  • tovarni siljitish;

  • narxni tashkil etish funksiyasi;

  • marketing-menejment funksiyasi.

  • 1. Marketing tadqiqotlari funksiyasida:

  • xalqaro bozorni tahlil etish;

  • sotish bozorini tadqiq etish;

  • iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish;

  • marketing operatsiyalarini o`rganish;

  • axborot to`plash va qayta ishlash;

  • marketing-miks kompleksini tadqiq qilish;

  • raqobatlarni o`rganish;

  • benchmarketinг;

  • talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar o`rganiladi. Tahliliy funksiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati, iste’molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan omillar- texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar hisobga olinadi. Tashqi muhit omillariga iste’molchilar, raqobat hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar kiradi.

2. Mahsulot yaratish funksiyasi orqali marketing faoliyatida yangi mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish sohasiga tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar siyosatini ishlab chiqish masalalari hal etiladi.

  1. Sotish funksiyasi orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, savdo-taqsimot tarmog`i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o`rganiladi.

  2. Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni rag`batlantirish va reklama siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag`batlantirishni samarali instrumentlarini asoslash; tovarni siljitish to`g`risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag`batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar to`liq o`rganiladi.

  1. Narxni tashkil etish funksiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o`zgarishi mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar hal etiladi.

  2. Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o`rganadi.

Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning funksiyalari xo`jalik yurituvchi subyektlarning boshqa funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo`jalik yurituvchi subyektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o`rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyalari doimo o`zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

  • ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;

  • marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;

  • marketing strategiyasini aniqlash;

  • rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati elementlarini tanlash.

Marketing konsepsiyasi ishlab chiqarish va taklif yetilayotgan tovarlarga bo`lgan talabni rivojlanish darajasiga bog`liqligi jihatidan yevolyutsion taraqqiyot bosqichini kechdi.
Marketing konsepsiyasi haqidagi ma’lumotlar rasmda keltirilgan.

Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:

  • ishlab chiqarish konsepsiyasi;

  • tovar konsepsiyasi;

  • sotish konsepsiyasi;

  • an’anaviy marketing konsepsiyasi;

  • ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi;

  • o`zaro aloqaviy marketing konsepsiyasi.

Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi 2-jadvalda keltirilgan.
Xulosa
Kommunikatsion siyosat deganda bozorga tovar siljitish uslublarining majmui tushuniladi. Bularga pablik rileyshnz (jamoatchilik bilan aloqalar), reklama, sotishni rag’batlantirish va shaxsiy sotish kiradi. Kengaytirilgan ma'noda siljitish - bu tovarlar sotilishini tezlashtirish va bozorda ijobiy tasavvurni shakllantirish maqsadida axborot olish, xaridorni ishontirish va o’z faoliyati haqida ma'lumot berish uchun korxonaning bozor bilan doimiy aloqalarini o’rnatish va saqlab turishdir. Korxonalarning bozorda muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishi uchun faqatgina sifatli tovarlarni ishlab chiqarish etarli emas, balki bu borada iste'molchilarni shu tovarlarning iste'mol xossalari haqida har tomonlama xabardor qilib, o’z tovarlarining iste'molchilar ongida aniq mavqeni egallashiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun, birinchi navbatda, korxonalar reklama vositalaridan unumli foydalana bilishlari lozim. Reklamaning vazifasi - xabar berish, ishontirish va eslatishdan iboratdir. Shuning o’zi reklamaning tovar sotilishiga ta'sir ko’rsatishidan dalolatdir.


Download 96,41 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 96,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketingning tamoyillari, funksiyalari va konsepsiyasi

Download 96,41 Kb.