Marketingning rivojlanish evolyutsiyasi




Download 96,41 Kb.
bet10/11
Sana29.05.2024
Hajmi96,41 Kb.
#256473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kirish Asosiy qism Marketing tushunchasi va uning mohiyati

Marketingning rivojlanish evolyutsiyasi
Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi - bozorni tadqiq qilish va tahlil etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati - (1809-1884) Sayrus Makkormek nomi bilan bog`lanadi. 1902 yildan boshlab AQShning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari bo`yicha («Tovarlar marketingi», «Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar o`qitila boshladi.
1926 yilda AQShda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo yetildi, bu jamiyat 1973 yilda Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday uyushma va tashkilotlar G`arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo bo`ldi. Xalqaro marketing tashkilotlari - Yevropa marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro Marketing Federatsiyasi, Yevropa Akademiyasi va shunga o`xshashlar yuzaga keldi.
Bular haqida jadvalda to`liq tanishib chiqish mumkin.


jadval Marketingni rivojlanish tarixi



Yillar

Marketinga ro`y bergan o`zgarishlar

1902 yil

AQSH da mustaqil ravishda marketing kursini o`qitish boshlandi.

1908 yil

Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQShning yirik sanoat kompaniyalarida birinchi marketing bo`limlari tashkil yetildi.

1920 yil

Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi.

1926 yil

AQShda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi; uning asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u 1973 yilda Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi.

1930-1940 yillarda

Dunyoning ko`pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.

1950-1960 yillarda

Xalqaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va marketing bo`yicha Yevropa jamiyati hamda Yevropa marketing Akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.

1980 yillarning ikkinchi yarmida

Mamlakatimizning iqtisodiyot yo`nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida marketing kursi o`qitila boshlandi.

1990 yillarning
oxirlarida va
hozirgi
kunlarda

Mamlakatimizda marketing bo`yicha xorijiy adabiyotlar o`zbek tiliga tarjima qilingan holda va shu fan bo`yicha darslik, qo`llanma hamda risolalar O`zbekistonlik mualliflar tomonidan ko`plab chop yetilmoqda.

O`tgan asrning 60-yillar o`rtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining barchasi o`z xo`jalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini qo`llay boshladi. G`arbiy Yevropa va Yaponiyada marketing g`oyalari AQShga qaraganda sustroq joriy qilindi. Ammo 60-yillarning oxiriga kelib ular marketing amaliyotini tezkorlik bilan o`zlashtirishga kirishdilar va bunda muhim yutuqlarga erishdilar. Marketing an’anaviy savdo usullaridan farqli ularoq aniq maqsadlarni ko`zlaydi, xo`jalik vazifalarini esa yaqqol ifodalaydi: korxona shunday sifatli mahsulot tayyorlashi lozimki, uni sotish qulay bo`lsin. Darhaqiqat, mahsulot ishlab chiqarilgani bilan u albatta foyda keltiradi degan ma’noni hali aslo bildirmaydi. Ilgari xo`jalik rahbarlarining vazifasi asosan jami resurslarni ishlab chiqarish talablari bilan muvofiqlashtirishdan iborat edi, ya’ni korxona o`zi xohlagan mahsulotni ishlab chiqarar va hamma e’tiborini uni sotishga qaratar edi. Marketingning maqsadi esa bozorning mavjud va kelgusida ehtimol tutgan imkoniyatlarini aniqlash hamda sifat jihatidan to`g`ri baholashdan, so`ngra unga tayanib, butun kuchini o`z mahsulotiga qiziqish va ehtiyojni kuchaytirishga, xaridorga mahsulotni, shuningdek ko`rsatiladigan tegishli ximat turini tanlash imkonini yaratgan holda, mahsulotni sotishga qaratishdan iborat.


1966 yilda AQShda marketing masalalari bo`yicha 350 ga yaqin tadqiqot firmalari faoliyat olib borib, undan yirik firmalar 45 mln dollarga yaqin aylanmaga ega edi, bunda bu firmalarning jami aylanmasi 300 mln dollardan oshiqni tashkil etgan. Marketing muammolarini tadqiq qilishni tijorat boshlashuvi asosida universitetlar ham, savdo-sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari va xizmatlari ham shug`ullana boshladi.
1972 yilda F. Kotler mikromarketing va makromarketing tushunchalarini asoslab beradi. XX asrning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni globallashtirish jarayoni kuzatildi. Shuningdek, 1990 yilda Kanberra shahrida (Avstraliya) «Marketing - bu hamma narsa», «Marketing biznesni anglatadi» shiori ostida global marketing bo`yicha Xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o`rin bo`shatib bermoqda. Bu davrda AQSH, Yaponiya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlariga yetib keldi. Singapur, Tayvan, Janubiy Korea unga juda yaqin. Tez o`zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab chiqarish yuksak darajada chaqqon moslashuvchan, yakka iste’molchiga mo`ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari va ayrim «so`qmoq» larning ko`pligi unga xos xuxusiyatlardir. Ayni paytda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga etdiki, bir bozorning oraliq segmentlarida bo`sh makon juda kam qoladi. Natijada bozor raqobati yanada shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning yanada takomillashgan usul va shakllari paydo bo`lishi natijasida yuz beradi.
Tovarning «hayotiy sikli» misli ko`rilmagan darajada qisqaradi. Hozirgi davrda yetakchi yapon elektron firmalari bozorga o`rtacha har uch oyda bir marta mikrosxemalarning yangi turini chiqaradi. Mahsulotlar assortimentning xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni ko`plab ishlab chiqarish kamaydi, ya’ni tup-tup qilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmokda. Tovar sifatiga ega bo`lgan tovarlar mazmuni o`zgardi. Endi yaxshi mahsulot chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma ko`rsatadigan qo`shimcha xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash zarur.
Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yo`llarini o`ylabgina qolmay, ayni paytda tovarlarni sotish va o`tkazish, daromadlarni muttasil ko`paytirish sohalariga ko`proq e’tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi tufayli mahsulot o`ziga jalb etadigan yangi xaridorlarni qondirish lozim. Bu ishlarni hozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning omon qolishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, konyunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa axborotlarni o`z vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida ta’minlanadi.



Download 96,41 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 96,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketingning rivojlanish evolyutsiyasi

Download 96,41 Kb.