Marketingning asosiy kategoriyalari




Download 96,41 Kb.
bet2/11
Sana29.05.2024
Hajmi96,41 Kb.
#256473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kirish Asosiy qism Marketing tushunchasi va uning mohiyati

2. Marketingning asosiy kategoriyalari
Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. I.K.Belyaevskiy Shunday degan: “Marketing – bu bozorni o’rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir”. Jan-Jak Lamben esa marketingga Shunday ta’rif beradi: “Marketing tashkilotlar va kishilarni xoxish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo’li orqali qondirishga yo’naltirilgan ijtimoiy jarayondir”, “Marketing – bu bir vaqtning o’zida biznes falsafasi va faol jarayondir”.
Ushbu ta’riflardan Shuni aytish mumkinki, marketing – bu bozorni o’rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir.
Talab bilan taklifni o’zaro ta’siri - bu alohida Shaxslar yoki guruhning xoxish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Bu jarayon o’z navbatida Shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o’zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muxtojlik, ehtiyoj (xoxish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
Muxtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj – individ Shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muxtojlikdir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo’lgan ehtiyoj.
Talab – mavjud, potentsial hamda xoxish talabga bo’linadi.
Tovar – bu ehtiyojni yoki muxtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo’ljallashdan iborat.
Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq ta’rif bor. Mutaxassislar o’rtasida marketingning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yo’q. Hozir ko’pgina chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni o’z ichiga olmog’i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday izohlarni tanqid qilib, ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing ‘rintsi’larini hamma vaziyatlarga ham tatbiq qilib bo’lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma-xillikning sababi bor.
Birinchidan, marketing konsepsiyasi mazmuni ka’italistik ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan o’zgarib keldi va uning mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashqiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi ahamiyati o’zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati ko’rsatish va boshqa sohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish munosabatlariga dahldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir.
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko’payishi va tadbirkorlar o’rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni har taraflama o’rganish yo’nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish zarur:

  1. talabni o’rganish;

  2. bozor tarkibini aniqlash;

  3. tovarni o’rganish;

  4. raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;

  5. sotish shakli va uslublarini tahlil etish.

Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo’lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o’rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Download 96,41 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 96,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketingning asosiy kategoriyalari

Download 96,41 Kb.