Marketing tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni




Download 96,41 Kb.
bet9/11
Sana29.05.2024
Hajmi96,41 Kb.
#256473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kirish Asosiy qism Marketing tushunchasi va uning mohiyati

Marketing tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog`liqdir, shu bois marketing so`zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market - bozor, ing - faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo`nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo`yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifini ko`p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo`lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni «Marketing» shunday jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g`oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g`oyalar, tovarlar va xizmat ko`rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi».
Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. I.K. Belyayevskiy shunday degan: «Marketing - bu bozorni o`rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir». Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo`li orqali qondirishga yo`naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing - bu bir vaqtning o`zida biznes falsafasi va faol jarayondir».
Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing - bu bozorni o`rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir.
Talab bilan taklifni o`zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o`zluksiz qondirish jarayoni bo`lib hisoblanadi. Bu jarayon o`z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o`zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
Muhtojlik - kishini biron bir narsani yetishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj - individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir.
Talab - bu xarid quvvatiga ega bo`lgan ehtiyoj.
Talab - mavjud, potensial hamda xohish talabga bo`linadi.
Tovar - bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish albatta iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo`ljallashdan iborat.
Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq ta’rif bor. Mutaxassislar o`rtasida marketingning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yo`q. Ho zir ko`pgina chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni o`z ichiga olmog`i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday izohlarni tanqid qilib, ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing prinsiplarini hamma vaziyatlarga ham tadbiq qilib bo`lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma-xillikning sababi bor. Birinchidan, marketing konsepsiyasi mazmuni kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan o`zgarib keldi va uning mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi ahamiyati o`zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar.
Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati ko`rsatish va boshqa sohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir.

«Marketing» tushunchasini murakkabligi uni falsafiy, iqtisodiy, boshqaruv va yuridik jihatlarini ko`rish zarurligiga olib keldi.
Marketing falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi.
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko`payishi va tadbirkorlar o`rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni har taraflama o`rganish yo`nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko`rsatib o`tish zarur:
talabni o`rganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni o`rganish;
raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish. Marketing quyidagilarni o`rgatadi:
bozorni o`rganishni;
uni taqsimlashni;
tovarlarni joylashtirishni;
marketing siyosatini olib borishni;
tovar siyosatini;
narx siyosatini;
taqsimot siyosatini;
siljitish (yo`naltirish) siyosatini;
yuksalish, qo`shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan
keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment,
shaxsiy iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin).
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo`lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o`rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko`rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o`zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.



Download 96,41 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 96,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketing tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni

Download 96,41 Kb.