|
Reja: Kirish Asosiy qism Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. "Taʼlim to‘g‘risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning qabul qilinishi
|
bet | 1/2 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 39,8 Kb. | | #256512 |
Bog'liq O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi islohotlar ( 1991-2024 yillar)
O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi islohotlar (1991-2024 yillar)
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi.
Taʼlimning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar.
Oliy taʼlim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar.
Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
“Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Аks holda uning tarbiyaviy taʼsiri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur”.
Sh.M.Mirziyoyev
KIRISH
Ko‘p ming yillik davlatchilik tarixi, boy madaniyat va maʼnaviyatiga ega, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi hayotida mustaqillik davri tom maʼnoda maʼnaviy yangilanish jabhasini boshlab berdi. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, maʼnaviy yangilanishlar bois mamlakatimiz XXI asrda milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon yo‘l oldi.
Globallashuv asri bo‘lmish – XXI asr, bir tomondan, umuminsoniy qadriyatlarni oldingi o‘ringa chiqishi, intellektual salohiyat ijtimoiy hayot mezonini belgilovchi darajaga aylanishi, informatsion texnologiyalar taraqqiy etishi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, umumjahon miqyosidagi maʼnaviy tahdidlar, “ommaviy madaniyat”ni keng xalq ommasi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish, taʼlim-tarbiya sohasida salbiy illatlarning ildiz otishiga sabab bo‘layotgan asr hisoblanadi. Shu bois ham Prezident Sh.M.Mirziyoyev bu masalaga global tarzda yondashib, o‘zining BMT Bosh Аssambleyasining 2017-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan 72sessiyasidagi nutqida alohida to‘xtalib, o‘sib kelayotgan avlodni, avvalo, maʼrifiy savodxonlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida urg‘u berdi.
Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘sib kelayotgan avlodning ongi va tafakkurini salbiy illatlardan himoya qilish maʼnosida ularda maʼnaviy immunitetni hosil qilish, yoshlarning ongiga ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan azaliy qadriyatlar – ezgulik, odamiylik, bag‘rikenglik, mehrmuhabbat, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhini singdirishda tarix fanining o‘rni beqiyosdir. Аynan Vatan tarixini anglash orqali o‘sib kelayotgan avlod nafaqat shonli o‘tmish tarixini, balki istiqlolning tom mazmunini, uning mamlakatimiz istiqboliga qaratilgan siyosati mohiyatini yanada teran tushunib yetadilar.
Mustaqillikning o‘tgan yillarida respublika tarixchi olimlari tomonidan katta ahamiyatga molik, dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi, qator o‘quv adabiyotlari, darslik, qo‘llanma, monografiyalar chop etildi. Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda ham xalqimiz tarixini xolis va ilmiy asosda o‘rganish jarayoni davom etmoqda. Xususan, mustaqillikning o‘tgan o‘ttiz yillik davri tarixining turli qirralari ko‘plab olimlar, izlanuvchilar uchun tadqiqot obʼyekti bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston o‘z rivojlanishining yangi, zamonaviy jabhasida Harakatlar strategiyasida – Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amaliy hayotga tadbiq etishni maqsad qilib olgan holda yosh avlodni tarixiy o‘tmishga ulkan muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash masalasini ustuvor vazifa sifatida belgilab oldi.
Shubhasiz, yangi avlod adabiyotlari ham yuqorida taʼkidlangan mulohazalarga hamohang ravishda zamonaviy talablarga javob berishi, taʼlim tizimining sifat jihatidan takomillashuvi uchun unga, avvalo, ilm-fan yangiliklari, innovatsiyalarni jo etish lozim.
Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat bosqichida taʼlim olayotgan talabalar uchun havola etilayotgan mazkur darslik yuqorida qayd etilgan fikrmulohazalarni o‘zida jam etgan. Darslikni tayyorlash jarayonida qator materiallar, xususan, tarixiy adabiyotlar va arxiv hujjatlari, mustaqillik davriga oid amalga oshirilgan tadqiqot natijalari: dissertatsiyalar, monografiyalar, risolalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, hujjat va materiallardan keng foydalanilgan.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab respublika Oliy o‘quv yurtlarining barcha taʼlim yo‘nalishlarida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani asosiy fanlardan biri sifatida o‘quv rejaga kiritildi. Shu munosabat bilan bu fanni o‘qitish yuzasidan o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, yangi avlod o‘quv adabiyotlari nashr etila boshladi. Ushbu darslikda “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari, mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati, O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li, respublikada demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor munosabatlarining rivojlanishi, maʼnaviy va madaniy hamda taʼlim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘zgarishlar, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi hamda xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzining ortib borishi kabi masalalar yoritib berilgan.
Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasi”da ilgari surilgan talablarga mos ravishda tayyorlangan. Mavzular Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan nomutaxassis fakultetlar bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan hamda shu yo‘nalishda tasdiqlangan
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” namunaviy dasturi asosida yoritilgan.
Har bir mavzu so‘nggida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, tayanch tushunchalar, savol va topshiriqlar berilgan. Darslik yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi mualliflari jamoasi tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Kirish Asosiy qism Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. "Taʼlim to‘g‘risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning qabul qilinishi
|