Moyli urug’ va mag’izni yanchish jarayonining nazariy asoslari




Download 0.49 Mb.
bet11/15
Sana13.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#59315
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
4-mustaqil ish mavzulari, Документ Microsoft Word (2), metodika-astronomii-1947, tadbir ssenariy, Umumiy pedagogika fanidan 2 topshiriq sirtqilar uchun 1 (1) (4), 1, алгоритм, Hujjat (3), Mustaqil ish 1 (2), Gimnastik mashqlar texnikasini o’rgatish, takomillashtirish va o’qitish uslubiyati, Hisob varaqasi, Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.org, Metodik referat, Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi 155-sonli b
Moyli urug’ va mag’izni yanchish jarayonining nazariy asoslari. O’simlik moylari ishlab chiqarishda urug’ yoki mag’izni yanchishda tashqi kuchlarning ta’sir qilishini barcha asosiy usullari ezish, kesish, yorish, urishdan foydalaniladi. Ayrim mashinalarda turli usullar birgalikda qo’shib olib boriladi.
Hozirgi vaqtda mag’iz, moyli urug’ yoki kunjarani maydalash uchun bir juftli, ikki juftli va besh valli uskunalardan foydalaniladi. Kunjarani maydalash uchun diskli va bolg’achali maydalagichlar ishlatiladi.
Maydalanadigan material bo’laklari uskunaning ta’minlovchi voronkasidan vallar orasiga tushadi. Materialni vallar yuzasi bilan birinchi to’qnashishi bo’lgandayoq ular orasida ishqalanish sodir bo’ladi va uning ta’sirida material vallar orasiga kiradi. Vallar yuzasining holati (silliq yoki rifellangan) va aylanish tezligining nisbatiga qarab, materialni deformasiyasi va maydalanishi sodir bo’ladi. Vallar aylanish tezligi bir xil bo’lsa, silliq vallar orasida material eziladi va bargsimon yanchilma hosil bo’ladi. Agar tezlik har xil bo’lsa, u holda ezishdan tashqari ishqalanish va uzilish bo’ladi.
Val yuzasida taram-taram ariqchalar (rifellar) qilingan bo’lsa, rifellarning materialga ta’siri bilan bog’liq maydalanish mexanizmi qo’shimcha ta’sirlar evaziga anchagina murakkablashadi. Rifellar pichoqqa o’xshash harakat qiladi, bunda maydalanayotgan material urish va kesish kuchlari ta’siriga uchraydi.

2-rasm. Gorizantal vallar orasiga material zarrachasini ilintirib olish sxemasi:-vallar markazi; a,b-yanchish yo’lining uzunligi; α-ilintirish burchagi.

Material zarrachalari valga tegishi bilan ularga yanchish zonasidan tashqariga itarib chiqarishga intiladigan reaksiya kuchi ta’sir qiladi. Bunga qarama-qarshi val yuzasi bilan zarracha orasida yanchish zonasiga intiluvchi kuch ta’sir qiladi. Zarracha yanchish zonasiga tortilishi uchun ishqalanish kuchi itarib chiqarish kuchidan katta bo’lishi kerak. Zarrachani ilintirib olish uchun ilintirish burchagi α ishqalanish burchagidan kichik bo’lishi lozim. Vallar o’qlarini birlashtiruvchi chiziq bilan zarrachaning val yuzasiga to’qnashgan nuqtani val markaziga tutashtiruvchi chiziq orasidagi burchak α – ilintirish burchagi deb ataladi (1-rasm).
Shunday qilib, ishqalanish koeffisiyenti ya’ni ishqalanish burchagi qancha katta bo’lsa zarrachani yanchish zonasiga tortilishi shuncha yaxshi bo’ladi. Vallar diametri qancha katta bo’lsa, yanchishga kelayotgan zarrachaning o’lchami qancha kichik bo’lsa, zarrachani ilintirish burchagi shuncha kichik bo’ladi.
Qo’llanilayotgan valiklar diametri yetarli darajada katta, shuning uchun zarrachani ilintirishga zarur bo’lgan shartlar to’liq bajariladi. Amalda materialni ilintirib olish murakkabroq bo’ladi, chunki bir vaqtni ichida zarrachalar guruhini ilintirishga to’g’ri keladi. Bir vaqtni ichida qancha ko’p zarrachani ilintirish kerak bo’lsa, ilintirish burchagi shuncha katta bo’ladi va ilintirish shuncha yomon kechadi.
Bundan tashqari, materialdan ajralib chiqqan moy valni moylashi va val yuzasiga zarrachani ishqalanish burchagini kichraytirishi natijasida materialni ilintirib olish qiyinlashadi. Ajralib chiqqan moyni ta’siri nam materialni yanchiganda kuchliroq bo’ladi, chunki nam materialni plastikligi katta va undan yog’ quruq materialga qaraganda ko’proq ajralib chiqadi.
Materialni yaxshi ilintirish uchun amaliyotda turli choralar ko’riladi. Masalan, soya urug’i dastlab zarracha o’lchamini kichraytirish uchun maydalagichda maydalanadi; vallar materialni yaxshi ilintirib olishi va yanchilmaning sifati yaxshi bo’lishi uchun material namligi optimal holga keltiriladi.
Mag’iz yoki urug’ni yanchiganda urug’ni turli to’qimalarini buzilishi bir xil bo’lmaydi. Kungaboqar mag’izini maydalashda epidermis, uni yaqin atrofidagi va murtak to’qimalari urug’ning boshqa qismlariga qaraganda kamroq buziladi. Paxta chigiti mag’izini maydalashda murtak to’qimasi eng chidamli hisoblanadi. Urug’ qobig’ini chidamliligi mag’iz chidamliligidan yuqori bo’ladi.
Urug’ yoki mag’izni maydalaganda hujayralar devorlari ezish, ishqalash kuchlari ta’sirida buziladi. Hujayra ichidagi modda qobiqni buzilish darajasiga qarab, tashqariga chiqadi yoki ochilgan xujayrada ushlanib qoladi. Buzilmagan hujayralardagi moddalarda vallar orasidan o’tayotganda katta bosim ta’sir etganligi sababli ayrim o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Yanchishda eleoplazmaning bir qismini buzilishi va uni ichidagi aleyron donachalarini tushishi, hamda bir muncha aleyron donachalarini buzilishi sodir bo’ladi. Buzilgan hujayralar miqdori yanchish usuliga va urug’ni fizik xossalariga bog’liq bo’ladi.

Download 0.49 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 0.49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moyli urug’ va mag’izni yanchish jarayonining nazariy asoslari

Download 0.49 Mb.