|
:25 000 masshtabda ochiq sxematik xaritalarni tayyorlash
|
bet | 24/27 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 14,24 Mb. | | #264974 |
Bog'liq Хисобот 2023 йил1:25 000 masshtabda ochiq sxematik xaritalarni tayyorlash
Mavjud 1:25 000 masshtabli xaritalar to’planadi ArcGIS dasturiy formatiga o’tkaziladi va yagona koordinata tizimiga keltiriladi (geoaxborot baza yaratiladi);
Boshqa dasturiy ta’minot formatidagi ma’lumotlar (yoki boshqa zaruriy axborotlar) to’planadi, tahlil qilinib, tizimlashtirilgan holda ArcGIS dasturiy platformasining *.gdb (ma’lumot hajmiga qarab *.mdb) formatiga konvertasiya qilindi;
ArcGIS dasturiy platformasiga o’tkazish jarayonida geofazoviy ma’lumotlar yagona WGS-84 koordinata tizimiga keltirildi;
1:25 000 masshtabda yaratilgan xaritalarga muvofiq keladigan quyidagi tematik qatlamlardan tashkil topdi:
«Ma’muriy hududiy chegaralar» tematik qatlami;
«Gidrografiya» tematik qatlami;
«Aholi punktlari» tematik qatlami;
«O’simlik qoplami» tematik qatlami;
Bundan tashqari boshqa ochiq tasnifga ega boshqa qatlamlar.
Me’yoriy hujjatlar va tasniflagichlar (klassifikator)ga muvofiq elektron xaritalardan yopiq obyektlar va obyektlarning xususiyatlarini olib tashlash. Sxematik xaritalarda ko‘rsatilishi (belgilanishi) taqiqlangan hamda shart bo‘lmagan obyektlar va kartografik elementlarni o’chirish.
Tayyor bo’lgan ochiq kartografik materiallarda yozuv va anotasiyalarni shakllantirishda “Davergeodezkadastr” qo’mitasi tomonidan 2016 yil 9 avgustdagi
158-sonli buyrug’i bilan amalda foydalanishi joriy qilingan 1:2 000, 1:10 000 hamda
1:25 000 masshtabli bazaviy kartografik asoslar uchun ishlab chiqilgan yagona klassifikatorlar va ochiq kartografik asoslar uchun klassifikatorlar foydalanildi.
Bajarilgan ishlar yuzasidan texnik hisobot tuzish
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan buyurtmachiga taqdim etilgan materiallar va ma’lumotlar asosida hisobot tayyorlandi.
Texnik hisobot me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqildi.
|
| |