OBYEKTNING TABIIY-GEOGRAFIK OʻRGANILGANLIGI




Download 14,24 Mb.
bet21/27
Sana21.06.2024
Hajmi14,24 Mb.
#264974
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Хисобот 2023 йил

OBYEKTNING TABIIY-GEOGRAFIK OʻRGANILGANLIGI
Farg‘ona viloyati - O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi Farg‘ona viloyati
1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Shimoldan Namangan viloyati, Shimoli-sharqdan Andijon viloyati, Janubi-sharq va Janubda Qirg‘iziston Respublikasi, va g‘arbdan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Farg‘ona viloyatining maydoni - 675900 gektar.
Farg‘ona viloyatining aholisi - 3 954 200 kishi (01.01.2022-yil holatiga).
Viloyatning ma’muriy markazi – Farg‘ona shahri (maydoni – 10004 gektar, aholisi-302 269 kishi (01.01.2022-y.).
Farg‘ona viloyati tarkibiga kiruvchi 15 ta tuman 4 ta shahar mavjud. Bular Buvayda tumani, Furqat tumani, Beshariq tumani, Toshloq tumani, Dang‘ara tumani, Uchko‘prik tumani, Quva tumani, O‘zbekiston tumani, Rishton tumani, Yozyovon tumani, Oltiariq tumani, Qo‘shtepa tumani, Bog‘dod tumani, So‘x tumani, Farg’ona tumani Farg‘ona shahri , Qo‘qon shahri, Marg‘ilon shahri, Quvasoy shahri.
Viloyat tarkibida 1062 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari (MFY) mavjud.
Tabiiy iqlim sharoiti: O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi Farg‘ona viloyati 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Shimoldan Namangan viloyati, Shimoli-sharqdan Andijon viloyati, Janubi-sharq va Janubda Qirg‘iziston Respublikasi, va g‘arbdan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Relefi, Farg‘ona viloyati hududining relefi g‘arbdan sharqqa 360 metrdan 500 metrgacha, shimoldan janubga Qo‘qon-Marg‘ilon chizig‘idan Oloy tog‘ tizmasiga qarab Farg‘ona shahri atrofida 576 metrgacha hamda tog‘oldi joylarda 700-1200 metr balandlikka ko‘tariladigan tekislikdan iborat. Farg‘ona viloyatining shimoliy qismi Markaziy Farg‘onaning Qoraqalpoq va Yoz’yovon adirlari egallaydi. Bu yer qum aralash sho‘rxok tuproqlar bilan qoplangan. Toshkent-Andijon temir yo‘lidan janubda qumtepalar uchraydi. Markaziy Farg‘ona yerlari (Qoraqalpoq cho‘li) janubda Oloy tog‘ tizmasidan oquvchi daryolar (Isfayramsoy, So‘x, Isfara) bilan kelgan keng qum konuslari bilan o‘ralgan. Konkuslar qumloq, gilli va gil cho‘kindilardan iborat. Viloyatning tekislik qismi janubda 1000-1200 metr balandlikdagi chuqur vodiylar bilan ajratilgan adirlar chizig‘i bilan chegaralangan.
Adirlar chizig‘idan keyin jarlik va daralarga boy Oloy tog‘ tizmasi etaklari keladi, ular orasida ko‘ndalang vodiylar joylashgan.
Aniq geografik koordinatalari kenglik va uzunlik 40°22′32″, 71°47′59″



Download 14,24 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Download 14,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OBYEKTNING TABIIY-GEOGRAFIK OʻRGANILGANLIGI

Download 14,24 Mb.