• «GEOGRAFIK OB’EKTLARNING NOMLARI TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA MUVOFIQ GEOGRAFIK OB’EKTLARNING NOMLARI SOHASIDAGI IShLARNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
  • -§. Yer uchastkasini berish




    Download 14,24 Mb.
    bet17/27
    Sana21.06.2024
    Hajmi14,24 Mb.
    #264974
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
    Bog'liq
    Хисобот 2023 йил

    6-§. Yer uchastkasini berish
    - Davlat orderi yoki yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida filial tuman (shahar) qurilish bo‘limi bilan birgalikda uch ish kuni mobaynida yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi.
    Yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida haq undiriladi va lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
    - Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga faqat yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.

    1. «GEOGRAFIK OB’EKTLARNING NOMLARI TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA MUVOFIQ GEOGRAFIK OB’EKTLARNING NOMLARI SOHASIDAGI IShLARNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA

    Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalarini ko‘rib chiquvchi, shuningdek «Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus organlar hisoblanadi.


    2. Hududiy komissiyalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Namunaviy nizomga amal qiladilar.
    Hududiy komissiyalarning tarkibi manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda xodimlaridan, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillaridan, shuningdek, fan va madaniyat arboblaridan, ekspertlardan, hudud tarixini biladigan tajribali mutaxassislardan (o‘lkashunoslardan) hamda tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan boshqa shaxslardan shakllantiriladi.
    Hududiy komissiyalar a’zolarining shaxsiy tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
    Quyidagilar hududiy komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    geografik ob’ektlarning O‘zbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari va merosi bilan bog‘liq nomlari asralishini ta’minlash, ularning asossiz qayta nomlanishining oldini olish;
    geografik ob’ektlarni O‘zbekiston xalqining milliy an’analari hamda mentalitetiga yot bo‘lgan nomlar bilan qayta nomlashga va ularga nom berishga yo‘l qo‘ymaslik;
    geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlashda mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik, xizmat martabasini suiiste’mol qilish hollarini istisno qilish.
    Oldingi tahrirga qarang.
    4. Hududiy komissiyalar o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
    geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarni atroflicha o‘rganishni tashkil etadilar hamda tegishli xulosalar beradilar, ularni ushbu takliflarni kiritgan tumanlar, shaharlar hokimlariga jo‘natadilar;
    qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradilar;
    geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash jarayonida toponimik tadqiqotlar natijalaridan, kartografik va arxiv materiallaridan foydalangan holda kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadilar;
    geografik ob’ektlarni asossiz qayta nomlanishining, ularga O‘zbekiston xalqining milliy an’analari va mentalitetiga yot bo‘lgan nomlar berilishining oldini olish, ushbu sohada mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik, xizmat martabasini suiiste’mol qilish hollariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash jarayonining xolisona hamda oshkora bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar;
    o‘z vakolatlari doirasida geografik ob’ektlarning nomlaridan foydalanish va ularni asrash yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar;
    «Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini samarali bajarishga qaratilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradilar.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar komissiyalari o‘z vakolatlari doirasida tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarning davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlaydilar.
    Toshkent shahar komissiyasi aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarning davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlaydi.


    Download 14,24 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




    Download 14,24 Mb.