|
-§. Ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalari bo‘yicha auksion natijalarini rasmiylashtirish tartibi
|
bet | 15/27 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 14,24 Mb. | | #264974 |
Bog'liq Хисобот 2023 йил4-§. Ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalari bo‘yicha auksion natijalarini rasmiylashtirish tartibi
- Auksion g‘olibi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida savdo platformasidagi shaxsiy kabineti orqali ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi. Ijara shartnomasi taraflar tomonidan imzolagandan so‘ng avtomatik ravishda «YERELEKTRON» AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
Auksion g‘olibi mazkur bandda belgilangan muddatda ijara shartnomasini tasdiqlamagan hollarda operator elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibida belgilangan xatti-harakatlarni amalga oshiradi.
- Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan ijara shartnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kunida amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan yer uchastkasiga ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga «YERELEKTRON» AAT orqali auksion g‘olibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Bunda Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ma’lumot yuboriladi.
- Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining «Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
- Operator yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ko‘chirmani olgandan so‘ng uni avtomatik ravishda g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Agar auksion g‘olibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi narxini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanish istagini bildirsa, unga ko‘chirmani olgan kundan boshlab buyurtmachi bilan yozma shaklda shartnoma imzolash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi.
Bunda, auksion g‘olibi tomonidan shartnoma imzolanmasa va/yoki shartnoma imzolangandan so‘ng to‘lash rad etilsa (to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa) auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma, yer uchastkasini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi hamda bu haqda buyurtmachi o‘zining «YERELEKTRON» AATdagi kabineti orqali Davlat kadastrlar palatasini ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani bekor qilishi to‘g‘risida hamda operatorni yer uchastkasini takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha xabardor qiladi.
Operator xabarnoma kelib tushgan vaqtda avtomatik ravishda auksion g‘olibini savdo natijalarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkinligi to‘g‘risida auksion g‘olibini shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Auksion g‘olibi tomonidan xabarnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab besh kalendar kuni mobaynida ushbu kelishuv rad etilgan taqdirda, operator tomonidan buyurtmanoma buyurtmachiga qaytariladi, kelishuv tasdiqlangan yoki munosabat bildirilmagan taqdirda, yer uchastkasi takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Auksion g‘olibi shaxsiy kabinetiga yuborilgan xabarnoma bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi hamda buyurtmachi tomonidan xabarnomaga kiritilayotgan ma’lumotlar haqqoniyligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
|
| |