|
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar
KIRISH
|
bet | 2/27 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 14,24 Mb. | | #264974 |
Bog'liq Хисобот 2023 йилXulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizda har bir sohada tubdan o‘zgarishlar bo’lyabdi. Jumladan Geodeziya, Kartografiya va Kadastr sohalarida ham bir qancha islohotlarni ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa kadastr sohasida ham qilinadigan ishlar bugungi kunda yangicha tartibda olib borilmoqda. Kadastr sohasi umumiy qilib aytganda yer bilan uzviy bog’liq hisoblanadi. Qisqacha uy – joylarni, ko’chmas mulk obyektlarini, bino va inshootlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish bularning hammasi kadastr hisoblanadi. Bir so’z bilan aytganda kadastr tushunchasi “ro’yxatga olish” demakdir. Yer esa umummilliy boylik, O‘zbekiston xalqining hayoti, faoliyati va farovonligi asosi, eng muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shu sababli, yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta'minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer bilan uzviy bog‘langan Davlat kadastrlari yagona tizimini to‘laqonli yuritish davlatning eng muhim vazifalaridandir. Iqtisodiy sohadagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar yer va unga bog‘liq resurslarning aniq hisobini yuritish, ulardan oqilona foydalanish tizimini yanada takomillashtirishni talab etmoqda. Xususan, yerlarni ajratish, ularning hisobini yuritish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, yer nazoratini amalga oshirish vazifalarining yagona organda to‘planganligi, yer uchastkalari, bino va inshootlarga (keyingi o‘rinlarda – ko‘chmas mulk) kadastr yig‘majildi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning o‘zi tomonidan tayyorlanishi sohada manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltirmoqda. Hullas soha butkul tubdan o’zgarmoqda. Mazkur soha talabalari ham bu kabi o’zgarish hamda islohotlarni o’qishda nazariy olgan bilimlari bilan solishtirib ko’rishlari uchun malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti dasturi ishlab chiqilgan. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad talaba yoshlarda soha bo’yicha amaliy ko’nikmaga ega bo’lish hamda ilmiy salohiyatini oshirish nazarda tutilgan. Bundan tashqari ish o’rganish va nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash hamda shu kabi boshqa maqsadlardan iboratdir.
|
| |