|
Davlat kadastrlari palatasi Farg’ona viloyati boshqarmasi haqida ma’lumot
|
bet | 3/27 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 14,24 Mb. | | #264974 |
Bog'liq Хисобот 2023 йилDavlat kadastrlari palatasi Farg’ona viloyati boshqarmasi haqida ma’lumot.
Davlat kadastrlari palatasi Farg’ona viloyati boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentabrdagi «Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6061-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISI” gi 2020 yil 7 sentabrdagi PQ-4819-son Qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI TO‘G‘RISIDAGI HAMDA KADASTR AGENTLIGINING DAVLAT KADASTRLARI PALATASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA” gi 2021 yil 12 fevral, 66-son qarorlari asosida tashkil qilingan. Davlat kadastrlari palatasi Farg’ona viloyati boshqarmasi nizomi 21.04.2021 yilda ro’yxatdan o’tgan. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ Farg‘ona shahar Davlat xizmatlari markazi.
Boshqarmaning STIR raqami quyidagicha : 205705046.
Boshqarma Farg’ona shahri, Bobur ko‘chasi, 27-uyda joylashgan.
1-rasim Davlat kadastrlari palatasi Farg’ona viloyati boshqarmasi binosi
Boshqarma binosi 4 – qavatdan tashkil topgan. Davlat kadastrlari palatasi Farg’ona viloyati boshqarmasi hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etadi; Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari ko‘chmas mulk obyektlarining joylashgan joyidan qat’i nazar davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalariga asosan kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatadi; kadastr muhandislari va Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatishda teng sharoitlar yaratiladi; Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari Kadastr agentligi direktorining buyrug‘iga asosan bosqichma-bosqich tugatib boriladi va zaruratga ko‘ra faqat olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda saqlab qolinadi; Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari faoliyati ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr yig‘majildini tayyorlash va Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga asosan pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
2-rasim Davlat kadastrlari palatasining peshtaxtalari
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘linmalari boshliqlari, Kadastr agentligi tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbarlari («Respublika aerogeodeziya markazi» DK, «Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi» DUK, Davlat kartografiya-geodeziya fondi, «Kartografiya» davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi, Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji), shuningdek, ularning komplaens nazorat xizmati xodimlari Kadastr agentligi direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Davlat kadastrlari palatasi Fargʼona viloyati boshqarmasi quyidagi boʼlimlardan iborat:
Аxborot xizmati
Komlaens-nazorat xizmati
Yuridik boʼlim
Inson resurslarini boshqarish boʼlimi
Koʼchmas mulk xuquqlarini Davlat roʼyxatidan oʼtkazish boʼlimi
Yerlarni auktsionga chiqarish sektori
Topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash sektori
Аxborot taxlili va kommunikatsiya texnolgiyalarini rivojlantirish boʼlimi
Bino-inshoatlar va davlat yer kadastrini yuritish boʼlimi
Xududlar davlat kadastrini yuritish boʼlimi
Umumiy boʼlim
Buxalteriya
Birinchi boʼlim
Xoʼjalik boʼlimi
|
| |