|
Geodeziya, kartografiya va geografiya
|
bet | 1/11 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 367,5 Kb. | | #258783 |
Bog'liq ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT HISOBOTI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI “GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA GEOGRAFIYA” KAFEDRASI
GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO’NALISHI __________ GURUH TALABASI
Bajardi: ______________
Amaliyot Rahbarlari: _______________
2024-YIL
REJA:
KIRISH
1-BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKA IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI
1.1 Agentlikning tuzilmasi
1.2 Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
1.3 Davlat kadastrlari palatasining tuzilmasi
1.4 Davlat kadastrlari palatasining asosiy vazifalari va funksiyalari
2-BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKA IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI DAVLAT KADASTRLARI PALATASI XORAZM VILOYAT BOSHQARMASI
2.1 Kadastr agentligining davlat kadastrlar palatasining Xorazm viloyat boshqarmasi bilan tanishish
2.2 Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarma faoliyatining maqsad va vazifalarini o’rganish
2.3 Arxiv bo’limi bilan tanishish
3-BOB KO’CHMAS MULKGA BO’LGAN XUQUQLARNI DAVLAT RO’YXATIDAN O’TKAZISH VA AJRATIB BERISH
3.1 KO’CHMAS mulkka bo’lgan xuquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish
3.2 Yer uchastkalarini ajratib berish tartiblarini o’rganish
3.3 Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan ko’chmas mulk o’byektlarining kadastr qiymatini hisoblash
KIRISH
Respublikamizda yirik korxonalar, inshootlar, ko’p qavatli va zamonaviy turar joy binolari, ijtimoiy-madaniy muassasalar, yirik va katta uzunlikdagi ko’priklar, avtomobil va temir yollari qurilmoqda. Xo’jaliklaming maydonlarini tashkillashtirishda, aholi yashash punktlarini joylashtirishda, meleratsiya va gidrotexnika inshoatlarni barpo qilish, qazilma boyliklami izlash va shunga o’xshash ko’plab ishlarni bajarishdagi masalalami topografik-kartografik hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirdagina muvoffaqiyatli xal etish mumkin. Ularni loyihalash, qurish va ishlatish jarayonida uzluksiz geodezik o’lchash va kuzatish ishlari olib boriladi.
O’zbekiston respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida o’zbekiston respublikasi prezidentining 2017-yil 31-maydagi “yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni nazoratini kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida” pf-5065-sonli farmonini ijro etish maqsadida ko’plab ishlar olib borilyabdi. O’zbekiston respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasini yanada rivojlantirish, 2017 — 2021-yillarda sohaga ilg’or fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy- texnika bazasini yangilash, tarmoqqa xalqaro grantlarni jalb etish chora-tadbirlari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq qilinyabdi.
Geodeziya fani qishloq xo’jaligini planlashtirishga doir yer tuzish va yer kadastri ishlarida, xarbiy ishlarda, mamlakatimiz boyligini aniqlashda, melioratsiya va gidrotexnikada, o’rmon xo’jaligi kabi muxim soxalarda keng qo’llaniladi. Topografik plan va karta esa geodezik o’lchash natijalari asosida chiziladi.
Ma’lumki, geodeziya qadimiy fan ko’rsata, u boshqa fanlar kabi insoniyatning kundalik hayotiy zaruriyati natijasida vujudga kelgan.uning yordamida qadimiy noyob inshootlaribalandligi 150-200 m bo’lgan piramidalar, mayoqlar, gidrotexnik inshootlar, ko’priklar, tunnellar, katta masofadagi yo’llar, hamda o’zining salohiyati bilan insoniyatni hozir ham hayratga solib kelayotgan saroy va qasrlar qurilgan.
Bu inshootlar shu davrdagi rejalash va trassalash ishlarining yuqori darajada amalga oshirilganligidan dalolar beradi.
Yer tuzish va yer kadastri ishlarini o’tkazishda geodeziya muhim axamiyatga egadir, uning vazifasi chegaralarini tashkillashtirish, loyixa tuzish va xo’jalikning almashlab ekish dalalarini joylashtirishdan iboratdir. Yer tuzish va yer kadastri ishlarini tashkillashtirishning tayyorgarlik bosqichida geodeziyaga topografik-kartografik hujjatlar bilan ta’minlash masalasi yuklatiladi.
Xalq xo’jaligining turli soxalarini geodezik va topografik- kartografik hujjatlar va ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida hozirgi vaqtda turli texnologiyalar, jumladan, kompyuter, gps va elektron taxeometrlaming turli markalari ishlab chiqilmoqda va qo’llanilmoqda.
Loyihani tuzish bosqichida geodeziya loyihaning texnikaviy qismini bajaradi, ya’ni loyihani joyga ko’chirishni amalga oshiradi.
Qishloq xo’jaligida yer tuzuvchilarga geodezik o’lchash ishlarini topografik plan va kartadan foydalanib joylarda bajarishga to’gri keladi.
Demak, geodeziya fani yer tuzish va yer kadastri mutaxasisligi uchun asosiy fanlardan biri ko’rsata xisoblanadi.
3-kurs ya’ni 201 guruh talabalari ishlab chiqarish amaliyotimiz umumiy davom etish davri 2 haftani tashkil etib har 2 hafta davomida davlat tashkilotlariga biriktirildik. Men biriktirilgan tashkilot “o’zbekiston respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi xorazm viloyat boshqarmasi” Xiva shaxari filialida amaliyot oʼtadim. Аmaliyot 13.03.2023 dan 25.03.2023 ga qadar shu ekspeditsiyasida koʼnikmalarimni oshirdim.
13.03.2023 kuni biz umumjamoa bilan dastlab universitetga yig‘ildik va
amaliyot davrida bajariladigan ishlarni rejalashtirib texnika xavfsizligi
qoidalariga rioya qilish to’g’risidagi yo’riqnoma bilan tanishib unga imzo
chekdik .
14.03.2023 kuni biz “o’zbekiston respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi xorazm viloyat boshqarmasi” Xiva shahari filiali bo’limiga yetib bordik u yerda bizni U.Shakirov va J.Masharipov kutib olishdi. Bizlarga majlis o’tkazib tashkilot ichki tartib qoidalari hamda amaliyot davridagi qilinadigan ishlar to’g’risida tushuntrish ishlari olib borildi va shu kundan amaliyot o’tash jarayoni boshlandi.
|
| |