Yer uchastkalarini ajratib berish tartiblarini o’rganish




Download 367,5 Kb.
bet9/11
Sana01.06.2024
Hajmi367,5 Kb.
#258783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT HISOBOTI

3.2 Yer uchastkalarini ajratib berish tartiblarini o’rganish


Tadbirkorlik va shaҳarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini elektron onlayn-aukstion orqali berish tartibi to’g’risida

1. Ushbu Nizom tadbirkorlik va shaҳarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan bo’sh turgan er uchastkalarini (keyingi o’rinlarda yer uchastkasi deb ataladi) elektron onlayn-aukstion orqali doimiy foydalanishga berish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom talablari:
a) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyiҳalar bo’yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to’g’risida» 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-son ҳamda «2017 — 2020 yillarda shaҳarlarda arzon ko’p kvartirali uylarni qurish va rekonstrukstiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-son qarorlariga muvofiq ko’p kvartirali arzon uylar, namunaviy loyiҳalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilayotgan massivlarga;
b) quyidagilar uchun mo’ljallangan er uchastkalari berilgan ҳolatlarda:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining qarorlarida nazarda tutilgan davlat va jamoat eҳtiyojlari uchun er uchastkalarini berish tartibiga muvofiq, shu jumladan Xalq qabulxonalarini joylashtirish maqsadida yangi binolarni qurish asosida barpo etiladigan ob’ektlarning aniq turlarini qurish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar (shaҳarlar)da Xalq qabulxonalari ҳuzuridagi davlat xizmatlari markazlari binolarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurishni tashkil etish to’g’risida» 2018 yil 8 maydagi PQ-3701-son qarorida nazarda tutilgan ҳollarda;
davlat va jamoat eҳtiyojlari uchun er uchastkalarini belgilangan tartibda olib qo’yish munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga;
Vazirlar Maҳkamasining «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2017 yil 25 oktyabrdagi PQ-3356-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2018 yil 16 yanvardagi 29-son qaroriga muvofiq erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ҳududidagi investistiya loyiҳalarini amalga oshirishga;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining qarorlarida nazarda tutilgan ob’ektlarni qurish uchun er uchastkalarini ajratishga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
«YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o’rinlarda «YERELEKTRON» AAT deb ataladi) — er uchastkalari berish bo’yicha materiallarni to’plash, ko’rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini amalga oshirishga mo’ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
yer uchastkasining boshlang’ich narxi — yer uchastkasidan doimiy foydalanish ҳuquqining aukstionga qo’yish uchun belgilangan narxi;
yagona elektron savdo maydonchasi (keyingi o’rinlarda savdo maydonchasi deb ataladi) — elektron onlayn-aukstionlarni tashkil etish va o’tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-aukstionlar jarayonlaridan bevosita foydalanish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;
elektron onlayn-aukstion (keyingi o’rinlarda aukstion deb ataladi) — savdo maydonchasi orqali tadbirkorlik va shaҳarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkasidan doimiy foydalanish ҳuquqini sotish bo’yicha ochiq aukstion;
operator — savdo maydonchasi orqali tadbirkorlik va shaҳarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkasidan doimiy foydalanish ҳuquqini amalga oshirish bo’yicha ochiq aukstionlarni tashkil etuvchi va o’tkazuvchi ixtisoslashgan tashkilot;
vakolatli tashkilotlar — xulosa beradigan organ — Qoraqalpog’iston Respublikasi Ekologiya va atrof muҳitni muҳofaza qilish qo’mitasi, viloyatlar va Toshkent shaҳar ekologiya va atrof muҳitni muҳofaza qilish boshqarmalari; materiallarini kelishadigan tashkilot — O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ҳuzuridagi Madaniy meros departamenti Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaҳar madaniy meros boshqarmalari;
aukstion ishtirokchisi — aukstionda ishtirok etish uchun ariza bergan va unda ishtirok etishga ruxsat etilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
noҳalol aukstion ishtirokchilari reestri — operator tomonidan shakllantiriladigan noҳalol aukstion ishtirokchilarining elektron reestri.
4. Er uchastkalari tadbirkorlik va shaҳarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga beriladi.
Tadbirkorlik va shaҳarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalari aukstion orqali doimiy foydalanishga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo’yicha beriladi.
5. Er uchastkasini tanlash materiallari O’zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi (keyingi o’rinlarda «Davergeodezkadastr» qo’mitasi deb ataladi), Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shaҳar qurilish bosh boshqarmalari (arxitektura va rejalashtirish topshirig’ini ishlab chiqish bo’yicha), tuman (shaҳar)lar qurilish bo’limlari (er uchastkasini tanlash uchun boshqa materiallarni tayyorlash va kelishish bo’yicha) tomonidan tayyorlanadi.


Manashu joyga suratingizni joylang

Onlayn auksion boyicha ishlash

Download 367,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 367,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yer uchastkalarini ajratib berish tartiblarini o’rganish

Download 367,5 Kb.