|
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallarining asosiy vazifalari va funksiyalari
|
bet | 7/11 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 367,5 Kb. | | #258783 |
Bog'liq ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT HISOBOTIDavlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ko’chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlari ko’rsatish;
Bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash.
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ko’chmas mulk obyektlarining joylashgan joyidan qat’iy nazar, davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalariga asosan kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlari ko’rsatadi;
Bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilaydi;
Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri hamda hududlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va axborotlarni kiritadi;
Yer uchastkasining chegarasini chizmalarda qayd etadi va naturada (joyning o’zida) belgilaydi;
Yer uchastkalarining chegaralariga aniqlik kiritadi, yer uchastkalarini bo‘lish bo’yicha xizmatlar ko’rsatadi;
Ko’chmas mulk obyekti to’g’risidagi ma’lumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritadi;
2.3 Arxiv bo’limi bilan tanishish
Hozirda hududiy “Yermulkkadastr” davlat korxonalarida mavjud arxiv kadastr hujjatlarini yo’riqnoma talablari asosida sifatli raqamlashtirish (skanerlash) ishlari amalga oshirilmoqda.
Qo’mitaning Davla kadastrlari boshqarmasi tomonidan berilgan statistik ma’lumotlarga ko’ra hududiy korxonalardagi mavjud arxiv hujjatlarining 81 foizini skanerlash ishlari yakunlangan.
Yo’riqnomaga asaosan raqamlashtirilayotgan arxiv ma’lumotlari makaziy serverga sinxronizatsiya qilinishi hamda ma’lumotlar kadastr raqami bilan alohida papkalarga joylashtirilishi belgilangan.
Bugungi qadar raqamlashtirilga 81 foiz arxiv ma’lumotlarining 44 foizi hududiy “Yermulkkadastr” davlat korxonalari serverlariga yuklangan.
Xorazm viloyat arxiv ishi boshqarmasi (keyingi o’rinlarda «boshqarma» deb yuritiladi) viloyatda arxiv ishi bo’yicha davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organi hisoblanib, O’ZBEKISton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’zarxiv» Agentligiga va Xorazm viloyati Hokimligiga bo’ysunadi, o’z faoliyati haqida ularga xisobot berib turadi.
Boshqarma tizimiga Xorazm viloyati, Xiva, Xonqa va Yangibozor tuman davlat arxivlari kiradi.
Davlat arxivlari o’z faoliyati jarayonida ular joylashgan tuman, shahar hokimliklariga va Xorazm viloyat arxiv ishi boshqarmasiga bo’ysunadilar.
Boshqarma o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Qonunlariga, O’zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to’g’risida”gi qonuniga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat Hokimining qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’zarxiv» Agentligining nizomlari, yo’riqnomalari, qoidalari, buyruqlari va ko’rsatmalariga hamda ushbu nizomga amal qiladi.
Manashu joyga suratingizni joylang
Arxiv bilan tanish va ish faoliyatini o’rganish jarayoni
|
| |