|
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko’chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash
|
bet | 10/11 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 367,5 Kb. | | #258783 |
Bog'liq ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT HISOBOTI3.3 Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko’chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash
1. Mazkur Nizom jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan uy-joy fondi ko’chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomga muvofiq hisoblab chiqilgan ko’chmas mulk obyektining kadastr qiymati (keyingi o‘rinlarda obyektning kadastr qiymati deb ataladi) faqat jismoniy shaxsning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash uchun qo‘llaniladi.
3. Obyektning kadastr qiymatini hisoblash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining hududiy yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri davlat korxonalari (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari deb ataladi) tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
4. Kadastr qiymati belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingan jismoniy shaxslar mulki bo‘lgan turar joylar, kvartiralar, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari a’zolarining bog‘ uylari (dala-hovlilar) uchun hisoblab chiqiladi.
5. Quyidagi ko’chmas mulk obyektlari uchun kadastr qiymati hisoblab chiqilmaydi:
a) qurilayotgan;
b) belgilangan tartibda egasiz deb topilgan;
v) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan.
6. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari tomonidan obyektning kadastr qiymati kadastr hujjatlari va inventarizatsiya materiallari asosida hisoblab chiqiladi.
7. Kadastr qiymati fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan va foydalanilayotgan ko’chmas mulk obyektlari uchun hisoblangan taqdirda, ushbu obyektlar uchun jismoniy shaxslar mulki uchun soliq to‘lash mulkchilik bo‘yicha boshqa huquqiy kafolatlarni yuzaga keltirmaydi, soliqqa oid majburiyatlar bundan mustasno.
8. Mazkur Nizom asosida ko’chmas mulkning hisoblab chiqilgan kadastr qiymati ushbu obyektlarning kadastr qiymatini keyingi hisoblashgacha (qayta hisoblashgacha) o‘zgarishsiz qoladi.
Ko’chmas mulk obyektlarida o‘zgarishlar aniqlangan taqdirda (rekonstruksiya qilinishi, qo‘shimcha joylar qurilish, qo‘shimcha obyektlar qurilishi va boshqalar), “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari tomonidan ushbu obyektlarning kadastr qiymati qayta hisoblanadi hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda soliq organlariga tegishli ma’lumotlar taqdim etiladi.
9. Yakka tartibdagi uy-joylarda (dala-xovlilarda) asosiy binoni aniqlashda binoning eng katta umumiy maydoni hisobga olinadi.
10. Obyektlar qiymatini hisoblashda quyidagi funksional ko‘rsatkichlar belgilanadi:
ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning umumiy foydali maydoni bir kvadrat metrining kadastr qiymati yoki yakka tartibdagi uy-joy asosiy binosining umumiy foydali maydoni bir kvadrat metrining kadastr qiymati ushbu Nizomga muvofiq;
hududiy tuzatish koeffitsiyentlari ushbu Nizomga muvofiq;
eskirish koeffitsenti — devori temir-beton binolarga kadastr qiymatining 1 foizi miqdorida, devori pishgan g‘ishtli binolarga — 1,25 foizi va devori xom g‘ishtli, paxsali va sinchli binolarga — 1, 5 foizi, ammo 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda har yil uchun hisoblanadi.
|
| |