|
Davlat kadastrlarini yuritish sohasida
|
bet | 5/11 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 367,5 Kb. | | #258783 |
Bog'liq ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT HISOBOTIDavlat kadastrlarini yuritish sohasida:
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Davlat kadastrlari yagona tizimi va hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini ta’minlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geoaxborot tizimida shakllantiradi;
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo’jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlari Milliy geoaxborot tizimiga taqdim etib borilishi monitoringini olib boradi;
Davlat kadastrlari yuritilishiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan soha faoliyatiga oid axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash va yangilash yo’li bilan Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi;
Milliy geoaxborot tizimini yuritadi;
Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining bazaviy fazoviy ma’lumotlar banki, maxsus fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar bazalari shakllantirilishini amalga oshiradi;
Manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o’zaro elektron aloqalar orqali geofazoviy ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradi;
Davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo’jalik birlashmalariga, yuridik va jismoniy shaxslarga axborot ta’minoti va fazoviy ma’lumotlarni, shu jumladan, davlat kadastrlari to’g’risidagi axborotni berish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishni tashkil etadi;
Ko’chmas mulkka oid geoportallarni yaratadi, yuritadi va qo’llab-quvvatlaydi;
Kadastr muhandislariga geoaxborot tizimlari orqali ishlash va davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlaridan foydalanishga imkoniyatlar yaratadi;
Doimiy faoliyat ko’rsatadigan sun’iy yo’ldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmog‘ini boshqarish, ular monitoringi va takomillashtirilishini amalga oshiradi;
Geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshiradi;
Davlat va maxsus geoaxborot tizimlarini ishlab chiqadi;
Geofazoviy ma’lumotlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali maslahat beradi;
Geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatning ilmiy-tadqiqot va metodik ta’minotini tashkil etadi;
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, davlat kadastrlarini yuritish va geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi va qatnashadi.
Davlat kadastrlari palatasi qonun hujjatlarga muvofiq boshqa funksiyalarga ham ega bo’lishi mumkin.
|
| |