|
-BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKA IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI
|
bet | 2/11 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 367,5 Kb. | | #258783 |
Bog'liq ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT HISOBOTI1-BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKA IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI
1.1 Agentlikning tuzilmasi
Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlik markaziy apparati;
Agentlikning Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar);
Agentlikning tuman (shahar) bo‘limlari;
Davlat kadastrlari palatasi;
Respublika aerogeodeziya markazi;
Davlat kartografiya-geodeziya fondi;
“O’zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti;
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi;
“Kompyuterlashtirish va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi;
Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji.
Agentlik tizimidagi tashkilotlar va muassasalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita agentlikka bo’ysunadi.
Agentlikning rasmiy nomi to’liq nomi — o’zbekiston respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, qisqartirilgan nomi — kadastr agentligi
Kadastr Agentligi maxsus belgisi.
1.2 agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar:
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish sohasida:
Ko’chmas mulkga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish.
Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining o’zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish.
|
| |