• Kadastrlar palatasi Xiva shahar filiali boshlig’i: U.Shokirov. Kadastrlar palatasi Xiva shahar filiali bosh muhandisi: J.Masharipov
  • -BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKA IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI DAVLAT KADASTRLARI PALATASI XORAZM VILOYAT BOSHQARMASI




    Download 367,5 Kb.
    bet6/11
    Sana01.06.2024
    Hajmi367,5 Kb.
    #258783
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT HISOBOTI

    2-BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKA IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI DAVLAT KADASTRLARI PALATASI XORAZM VILOYAT BOSHQARMASI


    2.1 Kadastr Agentligining Davlat Kadastrlar Palatasining Xorazm viloyat boshqarmasi bilan tanishish
    Kadastr Agentligi Xorazm Viloyat boshqarmasi , Kadastr Agentligining Davlat Kadastrlari Palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi va Kadastr Agentligining Davlat Kadastrlari Palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi Xiva shahar filiali bitta binoda joylashgan.
    Bu bino 2-ta qavatdan iborat manzili Xiva shahri Amir Temur ko’chasi 10a Biz palatadagi mutaxassis va hodimlar bilan ham tanishdik ular ish faoliyati haqida qisqacha malumotlarga ega bo’ldik.


    Kadastrlar palatasi Xiva shahar filiali boshlig’i: U.Shokirov.
    Kadastrlar palatasi Xiva shahar filiali bosh muhandisi: J.Masharipov
    Kadastrlar palatasi Xiva shahar filiali muhandisi: S.Botirov
    2.2 Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarma faoliyatining maqsad va vazifalarini o’rganish
    Quyidagilar hududiy boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

    Davlat kadastrlar palatasi, hududiy boshqarma, tuman (shahar) filiallariga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;


    Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish;
    Hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etish va amalga oshirish;
    Foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta’minlash.
    Hududiy boshqarmalar ularga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
    Hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining qarorlari, buyruqlari ijrosini ta’minlaydi;
    Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
    Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o’zgarishi, boshqa shaxsga o’tishi, cheklanishi va bekor bo’lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni Milliy geoaxborot tizimida davlat ro’yxatidan o’tkazishni ta’minlaydi;
    Yuridik va jismoniy shaxslarga ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmalar beradi;
    Ko’chmas mulk obyektlariga obyektning geografik bog‘liqligini ta’minlovchi geokodlar beradi;
    Viloyat, tuman (shahar) darajasida ko’chmas mulk obyektlari geokodlari ko‘rsatilgan holda elektron kartalarni shakllantiradi;
    Ko’chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestridan ma’lumotlar beradi;
    Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali maslahat yordamini ko’rsatadi va axborot beradi;
    Bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash ishlarini tashkil etadi;
    Hududlar davlat kadastrini yuritilishini ta’minlaydi;
    Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritadi;
    Kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko’rsatilishini tashkil etadi;
    Tuman (shahar) filiallarining faoliyatini boshqaradi, nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
    Kadastr muhandislari va tuman (shahar) filiallariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko’rsatishda teng sharoitlar yaratadi;
    Hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
    Hududiy boshqarmalar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;
    Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, hududlar kadastrini yuritish, shuningdek, hududiy boshqarmalar va ularning tuman (shahar) filiallari faoliyatini takomillashtirish masalalari bo’yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
    Kadastr muhandislari tomonidan ko’chmas mulk obyektiga nisbatan tayyorlangan elektron kadastr yig‘majildini axborot tizimi orqali qabul qiladi hamda geoaxborot tizimlarida hisobini yuritadi;
    Yer uchastkasining chegarasini chizmalarda qayd etadi va naturada (joyning o’zida) belgilaydi;
    Yer uchastkalarini belgilangan tartibda bo‘lish bo’yicha xizmatlar ko’rsatadi;
    Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil qiladi;
    Foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta’minlaydi.
    Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazadi;
    Ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarning davlat reyestrini yuritadi;
    Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o’zgarishi, boshqa shaxsga o’tishi, cheklanishi va bekor bo’lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni o’zbekiston respublikasi milliy geografik axborot tizimida (milliy geoaxborot tizimi) davlat ro’yxatidan o’tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
    Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;
    Ko’chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko’chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi.



    Download 367,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 367,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKA IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI DAVLAT KADASTRLARI PALATASI XORAZM VILOYAT BOSHQARMASI

    Download 367,5 Kb.