|
Topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash sektori
|
bet | 9/27 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 14,24 Mb. | | #264974 |
Bog'liq Хисобот 2023 йил3. Topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash sektori maqsad va vazifalari hamda unda qilinadigan ishlar haqida ma’lumot.
Davlat kadastrlari palatasi Farg’ona viloyati boshqarmasining Topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash sektori O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi xuzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Farg’ona viloyati boshqarmasi tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi va to’g’ridan-to’g’ri boshqarma boshlig’iga bo’ysunadi. Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentinini farmonlari qarorlari va farmoyishlari, O’zbekistov Respublikasi oliy Majlisining farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirar Maxkamasinnig qarorlari va boshqa normativ-xuquqiy xujjatlari shuningdek Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining buyruqlari, topshiriqlariga amal qiladi.
Umumiy qoidalari.
Topografiya va kartografiya xaritalarini tayyorlash sektori mutaxassisi Davlat kadastrlari palatasi Fargʼona viloyat boshqarmasi tomonidan mehnat shartnomasi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Topografiya va kartografiya xaritalarini tayyorlash sektori mutaxassisi oliy, oʼrta maxsus maʼlumotga ega boʼlgan lavozim vazifalarini bajarish boʼyicha yetarli malakaga ega boʼlishi lozim.
Topografiya va kartografiya xaritalarini tayyorlash sektori mutaxassisi oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi (keyingi oʼrinlarda – Qoʼmita), Аgentlikning qarorlari va buyruqlariga, Boshqarma buyruqlariga amal qiladi.
Topografiya va kartografiya xaritalarini tayyorlash sektori mutaxassisi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi xuzuridagi Kadastr agentligidan belgilagan tartibda sinov (attestatsiya) dan oʼtadi. Uning oʼz lavozimida faoliyat yuritishi attestatsiya natijalariga bogʼliq.
Topografiya va kartografiya xaritalarini tayyorlash sektori mutaxassisi maʼlum sabablarga koʼra, oʼz ish joyida boʼlmaganda uning vazifalarini boshqarma boshligʼining buyrugʼiga asosan boshqarmaning yuqori lavozimidagi mansabdor shaxs bajaradi.
|
| |