|
Reja: Kirish Asosiy qism
|
bet | 11/27 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 14,24 Mb. | | #264974 |
Bog'liq Хисобот 2023 йил8-rasim Topografiya va kartografiya xaritalarini o’lchash aparati taxometr (STONEX R2-5 PLUS 350)
Ko‘chmas mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkaziIishini, obyektlari uchun kadastr pasportini tayyorlashni, bino va inshootlar ijarasi shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, servitut shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, ipoteka va ipoteka shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, mulkda uy-joy borligi (yo‘qligi) to‘g‘risida ma’lumot berishni, uy-joy maydoni haqida ma’lumot berishni, obyektlarining manzillarini tahlil qilishni o‘rganish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020 yil 2 sentabrdagi 535-son Qarori bilan:
1-ilovaga asaosan Ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
2-ilovaga asosan Ko‘chmas mulk ob’ektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
3-ilovaga asosan Ko‘chmas mulk ob’ektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
4-ilovaga asosan O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda фойдаланиш ҳуқуқи (сервитут) тўғрсидаги келишувни давлат рўйхатидан ўтказиш бўйича давлат хизматлари кўрсатишнинг ma’muriy reglamenti;
5-ilovaga asosan Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.
Ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda; - ko‘chmas mulk ob’ektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;- yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
ko‘chmas mulk ob’ektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
- ko‘chmas mulk ob’ektining toifasi o‘zgarganda;
- o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
Kadastr pasportini olish hamda belgilangan tartibda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra bir vaqtda yoki alohida murojaat qilish mumkin.
Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga ko‘ra ob’ektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta so‘rovnomaga asosan kadastr pasporti, ob’ektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reestrdan ko‘chirma bir vaqtda beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi filiallari kadastr yig‘majildini shakllantirib, uning natijasi bo‘yicha kadastr pasportini taqdim etadilar.
Davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha kadastr pasportini tayyorlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri DK filiallariga murojaat qilinadi.
Ko‘chmas mulk ob’ektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTIga asosan
Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chmas mulk ob’ektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi (birlamchi bozordan ko‘chmas mulk olishda ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bundan mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi “Davergeodezkadastr” qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va Reestrdan ko‘chirma taqdim etadi.
|
| |