Auksionlarga chiqarish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash




Download 14,24 Mb.
bet13/27
Sana21.06.2024
Hajmi14,24 Mb.
#264974
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Хисобот 2023 йил

Auksionlarga chiqarish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash
Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va yer uchastkasini «YERELEKTRON» AATga joylashtirish tartibi
- Tuman (shahar) qurilish bo‘limi filial bilan birgalikda hududlar va aholi punktlari, master-reja va shaharsozlik hujjatlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining «YERELEKTRON» AATning ochiq elektron portali orqali yuborilgan takliflarini ko‘rib chiqish natijalari asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni tayyorlaydi.
- Takliflarni tayyorlash vaqtida yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalarini topografik xaritada aks ettirish uchun maxsus asbob-uskunalarga ega bo‘lgan hamda tanlangan hududdagi ko‘chalarning qizil chiziqlarini belgilab berish imkoniyati mavjud loyiha-qidiruv tashkiloti joyiga chiqqan holda yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini mahalliy koordinatalar tizimida elektron shaklda tayyorlaydi.
Hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan holatlarda tuman (shahar) qurilish bo‘limi tomonidan filial bilan birgalikda ishlab chiqilgan yer uchastkalari bo‘yicha takliflar tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengash bilan kelishiladi.
- Tuman (shahar) qurilish bo‘limi hamda filial yer uchastkalari bo‘yicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni va topografik xaritani tayyor bo‘lishiga ko‘ra «YERELEKTRON» AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga kiritib boradi.
- Tuman (shahar) qurilish bo‘limi va filial taklifga quyidagilarni kiritadi:
yer uchastkasining WGS-84 ochiq koordinatalar tizimida shartli chegaralari;
yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini;
yer uchastkasining joylashuv sxemasi va geolokatsiyasi;
yer uchastkasi, jumladan, uning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi haqida qisqacha ma’lumot;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
hududning ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlash normalariga muvofiqligi qismi bo‘yicha shaharsozlik qoidalari talablariga rioya qilgan holda yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turlari;
mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan ob’ektlar turlari ro‘yxati;
yer uchastkasiga tutash hududlardagi ob’ektlarning belgilangan maqsadi va turlari;
yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan ob’ektlarning raqamli fotosurati;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
shaharsozlik cheklovlari qo‘yilgan holda foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar.
Takliflarda shaharsozlik hujjatlariga va (yoki) yer uchastkasi tanlangan hududning (massivning) loyiha konsepsiyasiga muvofiq ijaraga beriladigan yer uchastkasidan foydalanish shartlari, shu jumladan qurilishni boshlash va foydalanishga topshirish muddatlari kiritilishi mumkin.
- Tuman (shahar) hokimligi «YERELEKTRON» AATga kiritilgan takliflarga asosan kadastr yig‘majildini rasmiylashtirish uchun buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yo‘li bilan bir ish kunida filialga yuboradi.
- Filial tuman (shahar) hokimligidan buyurtma olgandan keyin uch ish kunida kadastr yig‘majildini tayyorlash uchun har bir yer uchastkasi bo‘yicha tanlash materiallarini shakllantiradi, yer uchastkasiga o‘ziga xos raqam beradi va ularni «YERELEKTRON» AATga joylashtiradi.
- Yer uchastkalarini tanlash materiallari «YERELEKTRON» AATga joylashtirilgan paytda quyidagi vakolatli tashkilotlarga bir vaqtda avtomatik tarzda yuboriladi:
a) kelishish uchun:
tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanish hamda ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha — mazkur ob’ektlardan foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar;
yong‘in xavfsizligi bo‘yicha — yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — yong‘in xavfsizligi boshqarmasi;
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha — davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va madaniy meros bosh boshqarmalariga;
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalariga;
b) xulosalar olish uchun:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalariga.
v) qurilish ob’ektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish uchun — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi (elektr, aloqa, gaz, neft, suv, kanalizatsiya va boshqa) tashkilotlarga.
Bunda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi va Qurilish vazirligi organlari tomonidan vakolatli tashkilotlarning kelishuv jarayonlari monitoring qilib boriladi va kelishuv muddatlari buzilgan holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga murojaat yuborilishi mumkin.
- Ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan ularga so‘rov tushgan kundan boshlab uch ish kunida «YERELEKTRON» AATga qabul qilingan qaror (xulosa) haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qo‘yiladi.
Bunda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar «YERELEKTRON» AAT orqali har bir yer uchastkasi bo‘yicha qurilish ob’ektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadi.
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari yer uchastkasi bo‘yicha tegishli xulosa tuzadi hamda uni elektron shaklda «YERELEKTRON» AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Xulosalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida «Ijobiy xulosa» yoki «Salbiy xulosa» degan so‘zlar ko‘rsatiladi.
Ijobiy xulosada yer uchastkasining mulkdoriga yoki ijarachisiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Shu bilan birga, rad etish sabablarini bartaraf etish yuzasidan mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar va qayta kiritishni nazarda tutuvchi tavsiyalar taqdim etiladi.
- «YERELEKTRON» AATga koordinatalari kiritilgan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarda joylashgan, salbiy xulosalar berilgan yer uchastkalari auksionga chiqarilmaydi va ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda «YERELEKTRON» AATda ushbu xulosa olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida e’lon qilinadi.
- Yer uchastkasi bo‘yicha vakolatli tashkilotlardan kelishilgandan va ijobiy xulosalar «YERELEKTRON» AATga joylashtirilgandan so‘ng filial to‘rt ish kunida kadastr yig‘majildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Filialning kadastr yig‘majildini tayyorlash hamda hududiy boshqarmaning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining «Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va tuman (shahar) mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
- Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kunida:
a) «E-qaror» tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda «Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi» orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi) yuboradi;
b) quyidagilarni belgilaydi va «YERELEKTRON» AATga kiritadi:
auksionga chiqariladigan bo‘sh turgan yer uchastkasining huquq turini;
yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni;
auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara muddati va tegishli hokim tomonidan ERI kaliti orqali imzolangan ijara shartnomasining loyihasini namunaviy shaklga muvofiq mazkur Nizomga 2-ilovaga binoan.
Ijara shartnomasida shaharsozlik hujjatlariga va (yoki) yer uchastkasi tanlangan hududning (massivning) loyiha konsepsiyasiga muvofiq yer uchastkasidan foydalanish shartlari, shu jumladan qurilishni boshlash va foydalanishga topshirish muddatlari kiritilishi mumkin.
- Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi ikki ish kunida:buyurtmada ko‘rsatilgan yer uchastkasi ma’lumotlarining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi;
yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi;
tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ko‘chirmani «YERELEKTRON» AAT kiritadi.
- Tuman (shahar) hokimligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan ma’lumotlar «YERELEKTRON» AATga kiritilganidan so‘ng:
a) yer uchastkasi mulk huquqi bilan auksionga chiqarilganda va barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi yetti ish kunida:
eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, u bilan shartnoma tuzish, yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlarining tashkil etilishini ta’minlaydi;
baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot asosida «YERELEKTRON» AATga yer uchastkasining boshlang‘ich narxini kiritadi;
b) yer uchastkasi ijara huquqi bilan auksionga chiqarilganda «YERELEKTRON» AAT avtomatik ravishda tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati asosida auksionga chiqarilayotgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqining boshlang‘ich narxini belgilaydi;
v) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va (yoki) uning hududiy boshqarmasi:
mazkur nizomga muvofiq master-reja ishlab chiqiladigan yer uchastkalarini tanlaydi;
master-rejani ishlab chiqish uchun professional loyiha tashkilotlarini jalb qiladi;
yer uchastkasini master-reja bilan yoki master-rejasiz auksionga chiqarish bo‘yicha ovozlarni shakllantirish uchun o‘n kunlik muddatga muhokamaga operatorning savdo platformasiga joylashtiradi;
belgilangan muddatda master-rejasiz savdoga chiqarish bo‘yicha ovozlar shakllanmagan (yoki kam bo‘lgan) taqdirda, yer uchastkasi master-reja asosida auksionga chiqarilishini ta’minlaydi. Bunda, yer uchastkasi master reja bilan birgalikda baholanadi.
- Yer uchastkasini ijaraga berishning boshlang‘ich narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
S = S x P x T + E,
bunda:
S — yer uchastkasining maydoni, kv.m;
R — bir kvadrat metr yer uchastkasi uchun ijaraga berishning minimal qiymati, so‘m/kv.m.;
T — yer uchastkasini ijaraga berish muddati, yil;
Ye — yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid xarajatlar, so‘m.
Bir kvadrat metr yer uchastkasi uchun ijaraga berishning minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymatini belgilashda hududda mavjud hamda kelgusida markazlashgan manbalar hisobidan barpo etilishi rejalashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalari inobatga olinadi.
Har bir tuman (shahar) va alohida olingan hududlar (massivlar), kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari uchun yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati u tasdiqlangan sanadan e’tiboran bir ish kunida davlat soliq xizmati organlari tomonidan «YERELEKTRON» AATga kiritiladi.
Oxirgi tasdiqlangan yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati uning yangi qiymati tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi.

Download 14,24 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Download 14,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Auksionlarga chiqarish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash

Download 14,24 Mb.