-§. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi




Download 14,24 Mb.
bet16/27
Sana21.06.2024
Hajmi14,24 Mb.
#264974
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
Хисобот 2023 йил

5-§. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion savdosi natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi o‘rinlarda — davlat orderi) rasmiylashtiradi, belgilangan shaklda uni ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda «YERELEKTRON» AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
- Davlat orderi g‘olib nomiga yer uchastkasini mulk huquq asosida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. Davlat orderi berish uchun davlat boji undirilmaydi.
- Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan davlat orderi tushgan kundan boshlab ikki ish kunida amalga oshiriladi.
Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan yer uchastkasiga mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga «YERELEKTRON» AAT orqali auksion g‘olibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ma’lumot yuboriladi.
- Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining «Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
- Operator yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ko‘chirmani olgandan so‘ng uni avtomatik ravishda g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Agar auksion g‘olibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi narxini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanish istagini bildirsa, unga ko‘chirmani olgan kundan boshlab buyurtmachi bilan yozma shaklda shartnoma imzolash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi.
Bunda, auksion g‘olibi tomonidan shartnoma imzolanmasa va/yoki shartnoma imzolangandan so‘ng to‘lash rad etilsa (to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa) auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma, mulk huquqi uchun rasmiylashtirilgan davlat orderi o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi hamda bu haqda buyurtmachi o‘zining «YERELEKTRON» AATdagi kabineti orqali Davlat kadastrlar palatasini ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani bekor qilishi to‘g‘risida hamda operatorni yer uchastkasini takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha xabardor qiladi.
Operator xabarnoma kelib tushgan vaqtda avtomatik ravishda auksion g‘olibini savdo natijalarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkinligi to‘g‘risida auksion g‘olibini shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Auksion g‘olibi tomonidan xabarnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab besh kalendar kuni mobaynida ushbu kelishuv rad etilgan taqdirda, operator tomonidan buyurtmanoma buyurtmachiga qaytariladi, kelishuv tasdiqlangan yoki munosabat bildirilmagan taqdirda, yer uchastkasi takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Auksion g‘olibi shaxsiy kabinetiga yuborilgan xabarnoma bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi hamda buyurtmachi tomonidan xabarnomaga kiritilayotgan ma’lumotlar haqqoniyligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

Download 14,24 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Download 14,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi

Download 14,24 Mb.