|
-§. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi
|
bet | 14/27 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 14,24 Mb. | | #264974 |
Bog'liq Хисобот 2023 йил2-§. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi
- Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli tashkilotlar «YERELEKTRON» AAT orqali:
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan muhofaza zonalari hududlarning geografik joylashuvini;
ushbu hududda olib borilishi mumkin bo‘lmagan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyat turini hamda qurilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar ro‘yxatini keltirgan holda hududlarning geografik joylashuvini Kadastr agentligiga taqdim etib borishlari shart.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarning geografik joylashuvi «YERELEKTRON» AAT orqali Kadastr agentligi tomonidan belgilanadigan shaklda taqdim etiladi.
Hududlarning geografik joylashuvi davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar tomonidan real vaqt rejimida WGS-84 koordinatalar tizimida yangilanadi.
Ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligi yuzasidan davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlari javobgardir.
3-§. Yer uchastkasini auksionga chiqarishga tayyorlash
- Boshlang‘ich narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «YERELEKTRON» AATga kiritilganidan so‘ng yer uchastkasi yoki yer uchastkasiga ijara huquqi buyurtmachi tomonidan avtomatik ravishda auksionga qo‘yish uchun operatorga yuboriladi.
- Yer uchastkasi ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda kelishuv amalga oshirilganligi, ijobiy xulosa olinganligiga qarab har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida auksionga chiqariladi.
Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning minimal hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi;
yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi;
yer uchastkasi maydoni (gektarda);
yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan ob’ektlarning raqamli fotosurati;
yer uchastkasiga tutash hududlarning (ob’ektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
qurilish ob’ektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa;
mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan ob’ektlar turlari ro‘yxati;
yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.
Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ijara muddati ko‘rsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.
Yer uchastkasi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar, shu jumladan, fotosuratlar, uning geolokatsiya va koordinatalari to‘liq ko‘rsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, operator tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Buyurtmachi operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni bir hafta muddatda bartaraf etib, elektron buyurtmani ushbu band talablariga muvofiq takroran yuboradi.
- Yer uchastkasini auksionga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ikki ish kunida ommaviy axborot vositalarida hamda tuman (shahar) hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi lozim.
- Savdo platformasida auksion tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini mulk huquqida sotish bo‘yicha auksionda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari ishtirok etish huquqiga ega (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno).
Yuridik va jismoniy shaxslar ijara huquqi asosida yer uchastkalarini sotib olish bo‘yicha auksionda qatnashish huquqiga ega.
Yer uchastkalarini realizatsiya qilish uchun o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion natijalari haqidagi bayonnoma uni taqiqdan yechish, shuningdek, auksion g‘olibi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos hisoblanadi. Bunda, majburiy tartibda undirish uchun yuborilmagan ma’muriy jarimalarni to‘lash majburiyati mahalliy hokimlik zimmasida qoladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-§. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi
|