|
Boshqarmaning bo’limlari va ularda bajariladigan ishlar to’g’risida malumot
|
bet | 4/27 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 14,24 Mb. | | #264974 |
Bog'liq Хисобот 2023 йилBoshqarmaning bo’limlari va ularda bajariladigan ishlar to’g’risida malumot.
Yuridik bo’lim Davlat kadastrlari palatasi Farg’ona viloyati shaxar boshqarmasining tarkibiy bo’linmasi xisoblanadi va to’g’ridan-to’g’ri boshqarma boshlig’iga bo’ysunadi.
Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlariga, mahalliy davlat xokimiyati organlarining qarorlari va boshqa formativ xujjatlarga, Kadastr agentligi rahbaryatining buyruqlari, Davlat kadastlari palatasi raisi va Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’ining buyruqlari, shuningdek Davlat kadastrlari palatasi Farg’ona viloyati boshqarmasining lokal hujjatlariga amal qiladi.
3-rasim Davlat kadastrlari palatasining internet sayti (mail@)
Bo’lim o’z faoliyatini Davlat kadastrlari palatasi boshkarmasining boshqa bo’limlari, tuman filialari va Kadastr agentligining Farg’ona viloyati boshqarmasi bilan yaqin hamkorlikda olib boradi.
Bo’lim faoliyatinnig asosiy maqsad va vazifalariga quyidagilar kiradi:
Davlat kadastrlari palatasi Farg’ona viloyati boshqarmasi faoliyatini xuquqiy tomondan tartibga solinishini taminlash,
Huquqni qo’llash faoliyatida qonun ustivorligi qonuniylikni taminlashini tashkil etish,
Ishlab chiqilgan normativ-xuquqiy va boshqa xujjatlar loyihalarini qonunchilikka muvofiqligini taminlash,
Hodimlarning xuquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish,
Shartnomaviy-xuquqiy ishlarini yuritish.
Yuklatilgan vazifalarga muvofiq bo’lim quyidagi funksiyalarni bajaradi:
boshqarma va tuman filiallarida xuquqni qo’llash amaliyotini o’rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi; boshqarma kasaba uyushmasi vakolatlarini amalga oshirishlar yuridik yordam ko’rsatadi; buyruq, shartnoma va boshqa xujjatlarga xuquqiy hulosalar beradi; normativ-bazasini shakllantiradi: qonunchilik masalalari bo’yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi; shartnomalarni tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishi nazorat qiladi, tegishli tuzilmalar bilan birgalikda debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o’rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko’radi;
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan davo ishlarini olib boraladi; shartnomaviy-xuquqiy ishlarini toritishda davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda sudgacha choralar ko’radi, mulkiy va boshqa manfaatlarni xuquqiy himoyachilik uchun zarur bo’lgan xujjatlarni tayyorlashda xamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi, normativ-xuquqiy xujjatlar loyihalari ishlab chiqishda ishtirok etadi, qonunchilikni targ’ibot qilish maqsadida boshqarma va tuman filiallarida tadbirlar o’tkazadi. Yuridik bo’limi xodimlariniig vazifalari, yuridik bo’lim – bo’lim boshlig’i, bosh yuriskonsultat va goriskonsultat shtat birligidan iborat, yuridik bo’limi bo’lim boshlig’i boshqaradi.
|
| |