|
Loyihalanayotgan ishlarni ishlab chiqarish texnologiyasi
|
bet | 23/27 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 14,24 Mb. | | #264974 |
Bog'liq Хисобот 2023 йилLoyihalanayotgan ishlarni ishlab chiqarish texnologiyasi
Shahar va qishloq aholi punktlarining 1:2000 masshtabda sxematik reja(plan)larni yaratish
Aholi punktlarining mavjud xarita va reja(plan)lari to’planadi, ArcGIS dasturiy formatiga o’tkaziladi va yagona koordinata tizimiga keltirildi (geoaxborot baza yaratildi);
Boshqa dasturiy ta’minot formatidagi ma’lumotlar (yoki boshqa zaruriy axborotlar) to’planadi, tahlil qilinib, tizimlashtirilgan holda ArcGIS dasturiy platformasining *.gdb (ma’lumot hajmiga qarab *.mdb) formatiga konvertasiya qilindi;
ArcGIS dasturiy platformasiga o’tkazish jarayonida geofazoviy ma’lumotlar yagona WGS-84 koordinata tizimiga keltirildi;
1:2000 masshtabda tuzilgan reja(plan)lar, 1:2000 masshtabga muvofiq keladigan quyidagi:
Matematik asos
Aholi punktlari
Yo’l tarmog’i
Gidrografiya va gidrotexnik inshootlar
Sanoat, qishloq xo’jaligi va ijtimoiy madaniy obyektlar
Siyosiy va ma’muriy chegaralar
Nomlar va yozuvlar va boshqa yopiq tasnifga ega bo’lgan tematik qatlamlardan tashkil topgan.
Ushbu tematik qatlamlardan tarkib topgan raqamli planlar ArcGIS dasturiga yuklatildi. Har bir qatlam alohida ko’rib chiqib, o’rganib, tahlil qilib chiqildi. So’ngra har bir qatlam ustida alohida ochiq holatga o’tkazish ishlari bajarildi.
1:10 000 masshtabda ochiq sxematik xaritalarni tayyorlash
Fond materiallaridan olingan 1:10000 masshtabda yaratilgan barcha elektron kartografik asoslari to’plandi, ko’zdan kechirilib, tahlil qilindi. So’ngra bu xaritalar ArcGIS dasturiy formatiga o’tkazildi va shu tariqa ArcGIS dasturiga yuklandi.
Dasturga yuklatilgan ushbu elektron kartografik asoslar bir nechta tematik qatlamlardan tarkib topgan bo’lib (matematik asos, aholi punktlari, yo’l tarmog’i, energetika va transport quvurlari obyektlari, o’simlik va tuproq qatlami, gidrografiya va gidrotexnik inshootlar, sanoat, qishloq xo’jaligi va ijtimoiy madaniy obyektlar, siyosiy va ma’muriy chegaralar, nomlar va yozuvlar va hokazo), bu qatlamlarning barchasi yagona koordinata tizimiga keltirildi (geoaxborot baza yaratildi);
Boshqa dasturiy ta’minot formatidagi ma’lumotlar ham (yoki boshqa zaruriy axborotlar) to’planadi, tahlil qilinib, tizimlashtirilgan holda ArcGIS dasturiy platformasining *.gdb (ma’lumot hajmiga qarab *.mdb) formatiga konvertasiya qilindi;
ArcGIS dasturiy platformasiga o’tkazish jarayonida geofazoviy ma’lumotlar yagona WGS-84 koordinata tizimiga keltirildi;
1:10000 masshtabda yaratilgan xaritalarga muvofiq keladigan quyidagi tematik qatlamlardan tashkil topadi:
Matematik asos
Aholi punktlari
Yo’l tarmog’i
Gidrografiya va gidrotexnik inshootlar
Sanoat, qishloq xo’jaligi va ijtimoiy madaniy obyektlar
Siyosiy va ma’muriy chegaralar
Nomlar, hamda yozuvlar va boshqa yopiq tasnifga ega bo’lgan tematik qatlamlardan tashkil topgan.
Yuqorida bayon qilingan, ArcGIS dasturiy platformasiga o’tkazish jarayonida geofazoviy ma’lumotlari yagona WGS-84 koordinata tizimiga keltirilgan ushbu tematik qatlamlari har birining shartli belgilari haqidagi ma’lumotlar alohida ko’rib chiqib, o’rganib, tahlil qilib chiqiladi. So’ngra, bir necha bosqichdan iborat bo’lgan, har bir qatlamni alohida ochiq holatga o’tkazish ishlari bajarildi.
|
| |