• Gruntlarning suv o`tkazuvchanligi
  • Gruntlarning zichlanish ko`rsatkichlari




    Download 312,28 Kb.
    bet2/3
    Sana11.12.2023
    Hajmi312,28 Kb.
    #115977
    1   2   3
    Bog'liq
    Aeradrom mustaqil ish

    Gruntlarning zichlanish ko`rsatkichlari.Tashqi yuk ta`sirida grunt zarrachalarining o`zaro siljishi, surilishi va yanada zichroq joylashuvi natijasida ular orasidagi g`ovaklik kamayib, grunt zichlanadi. Inshootdan uzatiladigan amaldagi bosim qiymatlarida, grunt qattiq zarrachalarining hajmiy deformatsiyalanishi (zichlanishi) deyarlik sodir bo`lmaydi, shu sababli, gruntning zichlanishi undagi g`ovaklar hajmining kamayishi hisobiga yuz beradi.Ma`lumki, serg`ovak va siljishga kam qarshilik ko`rsatadigan gruntlar zichlanuvchan bo`ladi. Gruntlarning zichlanishga moyilligini aniqlashda ular zarrachalari orasidagi bikr bog`lanish kuchining qiymati ahamiyatlidir. Tarkibida yuqori qiymatli bikr bog`lanish kuchiga ega bo`lgan qoya gruntlari amalda zichlanmaydi deb qabul qilingan. Gilli va sochiluvchan gruntlarning zichlanishi jarayonida qattiq zarrachalar o`zaro yaqinlashadi, natijada zarrachalar orasidagi bog`lanish kuchi oshadi. G`ovaklari suvga to`yingan gruntlar ma`lum miqdordagi suvning sizib chiqishi hisobiga zichlanadi. Bu esa o`z navbatida, grunt namligining kamayishiga olib keladi. Tashqi yuk ta`sirida gruntlarning zichlanishi hamma vaqt plastik (qoldiqli) deformatsiyalanish shaklida namoyon bo`ladi. Gilli va sochiluvchan gruntlarga xos bo`lgan bu xususiyat zichlanish qonuniyatigabo`ysunadi.
    Gruntlarning zichlanish qonuniyatlarini maxsus asboblar (odometrlar, stabilometrlar va h.k.) yordamida o`rganish mumkin. 1-rasmda grunt namunasini odometrda sinash sxemasi ko`rsatilgan. Odometr tsilindrsimon taglikdan, xalqadan va porshendan tashkil topgan qurilmadir. Odometrda sinaladigan grunt namunasi suvga to`la to`yingan bo`lish kerak. Gruntdagi suvning, zichlanish jarayonida erkin chiqib ketishi uchun, odometr tagligi va porshenda maxsus teshikchalar qoldirilgan. Odometr suvli idish ichiga joylashtiriladi. Gruntni zichlanishga sinash jarayonida, porshen orqali namunada qo`shimcha bosim hosil qiladigan har xil qiymatlardagi kuch (N) ta`sir ettirilsa, gruntning cho`kishi (S) kuzatiladi.
    Gruntlarning suv o`tkazuvchanligi . Gruntlarning suv o`tkazuvchanligi ularning tuzilishiga, g`ovaklarining miqdori, o`lchami va shakliga, hamda grunt tarkibidagi suvning turi va holatiga bog`liqdir. Suv o`tkazuvchanlikni o`rganishda filtratsiya va migratsiya xodisalarini bir-biridan farqlash lozim. Suvning grunt tanasi bo`ylab mexanik ta`sirlar (tashqi bosim yoki o`zining xususiy og`irligi) natijasida harakatlanishiga
    Download 312,28 Kb.
    1   2   3




    Download 312,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gruntlarning zichlanish ko`rsatkichlari

    Download 312,28 Kb.